Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlarida bug‘doy zangini nazorat qilish va barqarorligini seleksiyalashda mintaqaviy hamkorlikni va milliy salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlarida bug‘doy zangini nazorat qilish va barqarorligini seleksiyalashda mintaqaviy hamkorlikni va milliy salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlarida bug‘doy zangini nazorat qilish va barqarorligini seleksiyalashda mintaqaviy hamkorlikni va milliy salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Markaziy Osiyo va Kavkaz hududlarida bug‘doy zangini nazorat qilish va barqarorligini seleksiyalashda mintaqaviy hamkorlikni va milliy salohiyatni mustahkamlash» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 1,067 mln. AQSH dollari miqdoridagi texnik ko‘mak mablag‘lari

Loyiha amal qilish muddati: 31-dekabr 2024-yil

Amalga oshirilish hududi: Respublika bo‘yicha

Benefitsiar: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Loyiha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va kuzatish, tahlil qilish, kasalliklarni kompleks boshqarish va kasalliklarga chidamli navlar bo‘yicha milliy salohiyatni kuchaytirish orqali zang kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishni rivojlantirishga qaratilgan.

1. Zang kasalliklarni oldini olish va boshqarish va bug‘doyni yaxshilash uchun mintaqaviy hamkorlik va maʼlumotlar almashinuvini yaxshilash;

2. Bug‘doy zang kasalliklariga qarshi kurashda naslchilik, monitoring, kuzatuv va boshqarish bo‘yicha milliy salohiyatni mustahkamlash;

3. Bug‘doy unumdorligini oshirish uchun chidamli navlarni yaratish va joylatirishda naslchilik dasturlarini ishlab chiqish;

4. Zang kasalliklarni boshqarish bo‘yicha kompleks usullar ishlab chiqish va fermerlarga tarqatish.

Loyiha mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish va kuzatish, tahlil qilish, kasalliklarni kompleks boshqarish va kasalliklarga chidamli navlar bo’yicha milliy salohiyatni kuchaytirish orqali zang kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishni rivojlantirishga qaratilgan.

  • 2019 yil 1 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev va FAOning O‘zbekistondagi vakili V. Gutu tomonidan FAO Bosh direktorining o‘rinbosari V. Raxmaninning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida loyihasi imzolandi;
  • Loyihani samarali amalga oshirish uchun milliy institutlar va Izmirdagi (Turkiya) mintaqaviy donli zang ilmiy-tadqiqot markazi (RCRRC), Xalqaro quruq hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari markazi (ICARDA) va makkajo‘xori va bug‘doyni yaxshilash (CIMMYT) xalqaro markazi bilan kelishuv xatini imzolash ustida ishlar amalga oshirilmoqda. Loyihani nazorat qilish, o‘qitish va bug‘doy sifatini oshirish kabi turli sohalarda hamkorlik qilish uchun muhim xalqaro agentliklar sifatida qaralmoqda;
  • CACRust tarmog‘i qisman loyihada qatnashuvchi 4ta davlatlarda bug‘doy zang kasalliklari bilan shug‘ullanuvchi muassassalar va mutaxassislarni aniqlash orqali tashkil etildi.

Ko‘rgazmali maʼlumotlar sifatida loyiha doirasida “Markaziy va G‘arbiy Osiyoning bug‘doy zang kasalliklariga qarshi kurashish uchun mintaqaviy hamkorlik juda muhim” maʼlumotnoma ishlab chiqildi va FAOning veb sahifasida chop etildi (http://www.fao.org/3/ca9901en/ca9901en.pdf).

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Ibragimov Furkat,  +99897 444-87-11,  Furkat.Ibragimov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Abdulla Mansurov, Qishloq ho‘jaligi vazirligi, +99890 1760676,  mabdullah67@mail.ru

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: