Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«O‘zbekiston tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «O‘zbekiston tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «O‘zbekiston tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish» qo‘shma loyihasi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Global ekologiya fondi tomonidan moliyalashtirilayotgan «O‘zbekiston tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 3 187 123 AQSH dollari

Loyiha amal qilish muddati: 28-fevral 2023-yil

Amalga oshirilish hududi: Namangan, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlari

Benefitsiar: Dehqonobod, Kitob, Sirdaryo va Pop o‘rmon xo‘jaligi, aholi va fermerlar

O‘zbekistonda o‘rmonlarni barqaror boshqarish tizimini joriy etish orqali karbonad angidridni o‘zlashtirish hamda o‘rmon resurslarining sifatini oshirish.

Komponent 1: Geografik axborot tizimlarini yaratish.

Komponent 2: Karbonad angidridini o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan ko‘p tarmoqli o‘rmonlarni boshqarish hamda o‘rmon va yog‘ochbop resurslarni ko‘paytirish.

Komponent 3: Karbonad angidridni o‘zlashtirish va qulay muhitni mustahkamlash orqali O‘rmonlarni barqaror boshqarish tizimini kuchaytirish.

Komponent 4: Monitoring, baholash va tajriba almashish.

–  O‘rmonlar inventarazatsiya va monitoring qilish tizimi yaratiladi.

– O‘rmonlarni barqaror boshqarish tizimini jorish etish orqali karbonad angidridini o‘zlashtirish, o‘rmonlarni boshqaruv rejalarini ishlab chiqishdan iborat.

–  Yaylovlarni boshqarish strategiyasi, noo‘rmon mahsulotlarini rivojlantirish konsepsiyasi, gender rivojlantirish rejasi va gender strategiyalari ishlab chiqiladi.

Loyihani monitoringini amalga oshirish va Loyiha faoliyatini oraliq baholashini o‘tkazish, loyiha doirasida ishlab chiqilgan qo‘llanmalarni chop etish va tarqatishdan iborat.

–  GIS laboratoriya va Maʼlumotlar markazi uchun zamonaviy uskuna, shuningdek, jihozlar olib kelindi va o‘rnatildi. 20 ta o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari Collect Earth va Field Map dasturlari bo‘yicha Chexiya mutaxassislari tomonidan o‘qitildi.

–  O‘rmonlarni barqaror boshqarish rejalarini ishlab chiqish maqsadida, xalqaro ekspertlar tomonidan, 4 ta o‘rmon xo‘jaliklari uchun boshqaruv rejasini ishlab chiqish qo‘llanmalari tayyorlandi.

–  O‘rmonlarni qayta tiklash, ko‘chatxonalarni rivojlantirish, nodaraxt o‘rmon mahsulotlari konsepsiyalari va yaylovlarni barqaror boshqarish strategiyasi ishlab chiqildi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlandi va amalga tatbiq etish uchun qabul qilindi.

–  O‘rmonlarni barqaror boshqarish maqsadida, Xalqaro gender mutaxassislari ishtirokida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Gender strategiyasi va Gender harakatlar rejasi ishlab chiqildi. Mazkur xujjat muhokamasi yuzasidan Toshkent shahrida 100 ta (turli vazirlik va idoralar) mutaxassislaridan iborat Xalqaro gender konferensiyasi o‘tkazildi.

–  Sirdaryo viloyati O‘rmon fondi yerlarida ihota o‘rmonzorlari (Boyovut-3 o‘rmon hududi), o‘tinbop plantatsiyalar (Guliston o‘rmon hududi) va bodom (urug‘dan) va terak (qalamchalari (Shirin o‘rmon hududida) namoyish uchastkalari tashkil etildi. Shu bilan birgalikda, aholi, fermer va o‘rmon xo‘jaligi uchun ko‘chatlar agrotexnikalari bo‘yicha treninglar o‘tkazildi. Trening yakunida ko‘chat, urug‘ va qalamchalar beg‘araz tarzda benefitsiarlarga tarqatildi.

–  4 ta o‘rmon xo‘jaliklariga mini traktorlar, 2 o‘rmon xo‘jaliklariga suv saqlash sig‘imlari, kvadratsikllar berildi. Bundan tashqari issiqxonalar tashkil etildi.

Ayni paytda loyiha doirasida tanlab olingan 4 ta o‘rmon xo‘jaliklariga Niva rusumli avtomashina sotib olish ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda, 3 ta (Dehqonobod, Kitob va Pop) o‘rmon xo‘jaliklarida rejalashtirilgan namoyish uchastkalarini tashkil etish uchun, texnik shartlar ishlab chiqildi va xaridlarni amalga oshirish uchun tender eʼlon qilindi.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Olimjon Kaxxarov +99878 1501885, Olimjon.Kakhkharov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Bakirov Nizomiddin Jalilovich, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: