Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Markaziy Osiyo davlatlarining cho‘llar bo‘yicha tashabbusi (CADI) – Markaziy Osiyoda cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «Markaziy Osiyo davlatlarining cho‘llar bo‘yicha tashabbusi (CADI) – Markaziy Osiyoda cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «Markaziy Osiyo davlatlarining cho‘llar bo‘yicha tashabbusi (CADI) – Markaziy Osiyoda cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish» qo‘shma loyihasi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining «Markaziy Osiyo davlatlarining cho‘llar bo‘yicha tashabbusi (CADI) – Markaziy Osiyoda cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 1 455 000 AQSH dollari

Loyiha amal qilish muddati: 31-dekabr 2021-yil

Amalga oshirilish hududi: Navoiy va Buxoro viloyatlari

Benefitsiar: O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, tomorqa egalari va fermerlar

Chegaralar bo‘ylab sovuq qishki cho‘llarning bioxilma-xilligi va ekotizim xizmatlarini saqlash va boshqarishni kuchaytirish.

1. Ekotizim xizmatlari, bioxilma-xillik, tabiatni muhofaza qilish holati va cho‘llardan foydalanish bo‘yicha dalillarga asoslangan maʼlumotlar yigish, qo‘llash va tarqatish;

2. Hamkor mamlakatlarda cho‘l biomlari uchun ko‘p manfaatli tomonlarga asoslangan barqaror yer boshqaruvini joriy etish;

3. Mintaqadagi asosiy subyektlar Markaziy Osiyoda cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha qo‘shma qarashlarini ishlab chiqishi, ushbu qarashlarni milliy va xalqaro darajaga yetkazish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

  1. Dalillarga asoslangan maʼlumotlar ekotizim xizmatlari, biologik xilma-xillik, tabiatni muhofaza qilish holati va sovuq qishki cho‘llarda yerdan foydalanish bo‘yicha bilimlar mavjud, qo‘llanilgan va tarqatilgan.
  2. Hamkor mamlakatlar ko‘p tomonlar ishtirokida cho‘l biomlarida yerni barqaror boshqarishni targ‘ib qilmoqda.
  3. Cho‘l biomida boshqarishni takomillashtirish va qo‘riqlanadigan hududlarni tashkil etish uchun sharoitlar yaratildi va chora-tadbirlar faol ravishda ilgari surilmoqda.
  4. Mintaqadagi asosiy subyektlar Markaziy Osiyoda cho‘llarni saqlash va ulardan barqaror foydalanish bo‘yicha qo‘shma qarashlarni ishlab chiqadilar, ushbu qarashlarni milliy va xalqaro miqyosida yetkazadilar va tarmoqlarni yaratadilar.

Loyiha tajriba uchastkalarida 2 ta issiqxona qurishni yakunladi. Natijada, O‘zbekistonning Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi tajriba uchastkalarida issiqxona ko‘chatxonalari tashkil etildi. Ushbu daraxt ko‘chatlari iqlim taʼsiriga qarshi turish va ko‘chat sharoitlarini yaratish orqali ko‘chatlar yetishtirish uchun yaxshi namuna bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu issiqxonalar ko‘chatlarning hosildorligini oshirishga va sifatini yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu ko‘chatxonalarda mahalliy qishloq aholisi, asosan ayollar uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
FAO Navoiy va Buxoro viloyatlaridagi loyiha doirasida tabiiy yaylovlarda o‘ralgan urug‘ uchastkalarini tashkil etdi. Ushbu hududlarga yaqin yaylovlarning o‘simlik qoplamini tiklash uchun yaylov o‘simliklari, bo‘talar va saksovul urug‘lari ekilgan. Ushbu urug‘lik banklari urug‘larni kupaytirish orqali yaylovlarni tiklash uchun barqaror asos bo‘lib xizmat qilishi va degradatsiyani oldini olishda yordam berishi kutilmoqda.
FAO tomonidan ishlab chiqilgan Fermer dala maktablari (FDM) yondashuvi yordamida quyidagi innovatsion usullar o‘rgatildi. FDM asosan resurslari cheklangan va ko‘pincha taʼlim, maʼlumot, maslaxat xizmatlari, bozorga kirish va moliyaviy kapitalga ega bo‘lgan kichik fermerlar yoki yerdan foydalanuvchilar uchun yaratiladi. O‘tkazilgan FDM o‘rgatish mashg‘ulotlarinig qatoriga quyidagi mavzular kiritilgan:

a. No‘xatning sovuqqa chidamli navlari bilan ishlov berilmagan quruq cho‘l yerlarini yetishtirish va iktisodiy foyda olish va tuproqni yaxshilash usullarini takomillashtirish;

b. Fermer xo‘jaliklari navlari va urug‘lariga nisbatan yaxshilangan navlarning yuqori sifatli urug‘laridan foydalangan holda bug‘doy hosildorligini oshirish;

v. Taqqoslash uchun yaxshilangan navlarning sifatli urug‘ini joriy etish orqali sabzavot yetishtirishni yaxshilash;

g. Resurslarni tejaydigan, arzon narxlardagi issiqxonalarda daraxtzorlar yetishtirish uchun salohiyatni oshirish;

d. Asal ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun asalarichilikni rivojlantirish.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Nishonov Narimon, +99871 1501885,  Nariman.Nishanov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Bakirov Nizomiddin Jalilovich, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: