Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat yo‘qotishlari va chiqindilarining kamayishi» qo‘shma loyihasi

AGRO.UZ > «Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat yo‘qotishlari va chiqindilarining kamayishi» qo‘shma loyihasi
AGRO.UZ > «Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat yo‘qotishlari va chiqindilarining kamayishi» qo‘shma loyihasi

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining «Markaziy Osiyo mamlakatlarida oziq-ovqat yo‘qotishlari va chiqindilarining kamayishi» qo‘shma loyihasi

Byudjet: 1,5 mln. AQSH dollari miqdoridagi texnik ko‘mak mablag‘lari

Loyiha amal qilish muddati: 31-oktyabr 2022-yil

Amalga oshirilish hududi: Respublika bo‘yicha

Benefitsiar: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Loyiha milliy oziq-ovqat tizimlari va iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat yo‘qotishlari va oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish asosiy maqsaddir.

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘qotish va chiqindi mahsulotlarini o‘lchash, maʼlumotlarni to‘plash va ilg‘or tajribalarni tarqatishni yaxshilash;

2. Oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘qotish va chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha mintaqaviy strategiya hamda milliy siyosat va strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish;

3. Oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘qotish va chiqindilar to‘g‘risida milliy va mintaqaviy xabardorlikni oshirish;

4. Oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘qotish va chiqindilar bo‘yicha mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish.

Loyiha milliy oziq-ovqat tizimlari va iqlim o‘zgarishi sharoitida oziq-ovqat yo‘qotishlari va oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish asosiy maqsaddir.

  • 2019-yil 1-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri J. Xodjayev va FAOning O‘zbekistondagi vakili V. Gutu tomonidan FAO Bosh direktorining o‘rinbosari V. Raxmaninning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida loyiha imzolandi;
  • 2020-yil 25-noyabr kuni loyiha doirasida birinchi marotaba Markaziy Osiyo, Ozarbayjon va Turkiyada oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘qotish va chiqindilar strategiyasi qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita ishtirokchi mamlakatlar uchun fikr va tajriba almashish hamda loyihaning amalga oshirilishini nazorat qilish hisoblanadi;
  • Loyiha doirasida milliy yuridik maslahatchi yonlanib, FAOning xalqaro mutaxassislari bilan birgalikda “Oziq-ovqat mahsulotlarini yo‘qotish va chiqindilarni boshqarish bilan bog‘liq qonunchilik va siyosatni tahlil qilish” hujjati tayyorlanmoqda;

Loyiha doirasida qo‘shilgan qiymat zanjirini tahlil qilish bo‘yicha milliy konsultant yollangan va hozirda vazirliklar, davlat idoralari hamda xususiy sektorlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

FAO tomonidan loyihaga maʼsul shaxs: Ibragimov Furkat, +99897 444-87-11,  Furkat.Ibragimov@fao.org

Loyihaning milliy koordinatori: Akmal Eshniyozov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, +998 90 963 68 51, a.eshniyozov@agro.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: