Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Sholg'om

AGRO.UZ > Sholg’om
AGRO.UZ > Sholg’om

Sholg‘om karamdoshlar yoki butguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik o‘simlik. Sovuqqa chidamli, issiqqa uncha talabchan emas, shu bilan bir qatorda qurg‘oqchilikka ham ancha chidamli.

Turli mexanik tuproqlarda o‘sadi va yaxshi hosil beradi. Uning rivojlanishi va yuqori hosil berishi uchun qumoq, unumdor tuproqlar kerak. AQSH, Yaponiya, Xitoy, Irlandiya, Isroil, Rossiya, Shvetsiya, Angliya, Belgiya va boshqa Yevropa davlatlari sabzavotchiligida sholg‘om asosiy ekinlardan biri hisoblanadi.

Yurtimiz hududida turli viloyatlarda sholg‘omning 4 ta navi ekiladi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan sholg‘om mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya davlatlariga eksport qilinadi

Sholg‘om navlari

Ertapishar nav. Bargi qirqilgan, rangi yashil, tuksiz. Ildizmeva shakli yassi-yumaloq, eti tig‘iz, po‘sti va etining rangi oq, och-sariq, yon ildizlari ko‘p, tuproqqa to‘liq botadi. Ildizmeva vazni 130–140 g. Sersuv. O‘sish davri 54–60 kun.

Hosildorligi 40–42 t/ga.

Qayerda yaratilgan: Xalq seleksiyasiga mansub

1949-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav. Ildizmeva shakli yassi yumaloq, po‘stining rangi malinasimon pushti, yuzasi ko‘ndalang qabariqli, etining rangi oq, tig‘iz. Ildizmeva vazni 124–130 g. O‘sish davri 53-55 kun.

Hosildorligi 32–34 t/ga.

Qayerda yaratilgan: Xalq seleksiyasiga mansub.

1948-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon va Namangan viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, amal davri 40-45 kun. Ildizmevasi o‘rtacha kattalikda,

vazni 100-120 g, diametri 6-7 sm, yumaloq, usti silliq, po‘sti va mag‘zining rangi oq, eti sersuv, mayin.

Hosildorligi 32-34 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2004-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, amal davri 52–55 kun.

Ildizmevasi o‘rtacha kattalikda, vazni 120-130 g, diametri 6-7 sm, yumaloq, usti silliq, po‘sti binafsha va mag‘zining rangi oq, eti sersuv, yarim mayin.

Hosildorligi 34-38 t/ga.

Qayerda yaratilgan: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instituti

2018-yil Davlat reyestriga kiritildi.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, amal davri 26–30

kun. Barg rozetkasi tik turuvchi shaklga ega, rangi yashil, barg usti va osti silliq, tuksiz, isteʼmol qilinganda mayin. Bitta o‘simlikning o‘rtacha vazni 0,83 g, mayin. Barglari 23-25 sm bo‘lganida texnik pishgan hisoblanadi.

Hosildorligi 34–38 t/ga.

Qayerda yaratilgan: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti

2018-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: