Piyozboshning sabzavot ekinlariga bir pallalilar sinfi, piyozgullilar oilasiga mansub oddiy (bosh) piyoz, sarimsoq, porey piyoz, batun piyoz, shnitt-piyoz, ko‘p yarusli piyoz, shalot piyoz, slizun piyoz, anzur piyoz kabi turlari va xillari kiradi.
Piyoz juda ham qadimgi zamonlardan beri yetishtirilib kelinadigan o‘simlik bo‘lib, u eramizdan 4000 ming yil avval Xitoy, Hindiston, Eron va boshqa Osiyo davlatlarida maʼlum va mashhur bo‘lgan.
Piyoz sovuqqa chidamli o‘simlik. Mexanik tarkibi yengil qumoq
bo‘lgan och tusli bo‘z tuproqlar piyoz uchun yaxshi hisoblanadi. Sho‘rlangan va botqoq tuproqlar esa yaroqsiz.
Bugungi kunda piyoz hosildorligi bo‘yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Eron kabi davlatlar yetakchi o‘rinni egallaydi. Mamlakatimiz sabzavotchiligida ham piyoz asosiy ekinlardan biri hisoblanadi.
Yurtimiz hududida deyarli barcha viloyatlarda piyozning 55 navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan piyoz mahsuloti Ozarbayjon, Armaniston, Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Bolgariya, Gruziya, Iroq, Eron, Qozog‘iston, Kipr, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Moldaviya, Mongoliya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Suriya, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya, Ukraina va Estoniya davlatlariga eksport qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: