Sarimsoq piyoz guldoshlar oilasi, Allium avlodiga mansub o‘simlik. Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Misr, Shimoliy Afrika, O‘rta Osiyo, Markaziy va Janubiy Yevropa, AQSH, Meksika va Turkiyada sarimsoq yetishtirish boshqa davlatlarga nisbatan keng tarqalgan.
Dunyo bo‘yicha sarimsoq yalpi hosilining 70 foizidan ortig‘i Xitoy, Hindiston, AQSH, Turkiya, Pokiston kabi davlatlarda yetishtiriladi. O‘zbekistonda sabzavot ekinlar umumiy maydonining 18-20 foizini oddiy piyoz va sarimsoq egallaydi.
Sarimsoq turli iqlim sharoitiga tez moslashuvchan, sovuqqa chidamli, qurg‘oqchilik yerlarda ham o‘sadigan sabzavotlardan hisoblanadi. Sarimsoq yorug‘likka ham ancha talabchan va uzun kun o‘simligidir. Sarimsoq o‘simligi mexanik tarkibi yengil, unumdor, loyqalangan yerlarda, shuningdek, soz tuproqli va yaxshi o‘g‘itlangan qumloq tuproqli yerlarda, tarkibida 5% gumus bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi.
Yurtimiz hududida barcha viloyatlarda sarimsoq piyozning 3 ta navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan sarimsoq piyoz mahsuloti Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mongoliya, BAA, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston davlatlariga eksport qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: