Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Rediska

AGRO.UZ > Rediska
AGRO.UZ > Rediska

Rediska biologik jihatidan turpga o‘xshash. Ular bir-biri bilan chatishadilar.

Urug‘i ekilib nihollar paydo bo‘lgandan juda tezpishar navlari 20-25 kunda, tezpisharlari 30-35, o‘rtapisharlari 35-40 va o‘rtachi kechki navlarining ildizmevalari 40-45 kunda yetiladi.

Urug‘ining unib chiqishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun eng qulay harorat 15-180 С hisoblanadi. Sovuqqa bardoshli. Harorat yuqori bo‘lganda rediska yog‘ochlashib taʼmini, sifatini yo‘qotadi.

Rediska qisqa soyaga chidamli o‘simlik, yorug‘lik yetishmasa ham o‘saveradi. O‘g‘itlangan unumdor yerlarga ekiladi. Yozda ekilmaydi, chunki u yoz oylarida tez pishib o‘tib ketadi va taʼmini yo‘qotadi.

Yurtimiz hududida turli viloyatlarda rediskaning 23 ta navi ekiladi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan rediska mahsuloti Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Rediska navlari

Ertapishar nav, o‘sish davri 25–30 kun. Bargi mayda kesik, tekis, barglar soni 5–6 ta, uzunligi 18–23 sm.

Ildizmevasi yassi-yumaloq­simon, qizil rangli, mayda, tuproq ostiga to‘liq botadi, yuzasi tekis, sersuv, vazni 20–25 g.

Hosildorligi 20 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston

2004-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘suv davri 37–40 kun.

Ildizmevasi uzunchoq, tuproqqa to‘liq botadi, uch to­moni o‘tkir, uzunligi 7–9 sm, diametri 2,0–2,5 sm, vazni 33–35 g, po‘sti malinasimon, eti oq, sersuv, juda tig‘iz, taʼmi o‘tkir.

Hosildorligi 17–18 t/ ga. Yog‘ochlanishga moyil.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston

1957-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, o‘sish davri 31–32 kun.

Ildizmevasi yassi-yumaloqsimon, tuproq ostiga to‘­liq botadi, oq rangli, mayda, yuzasi tekis, po‘sti oq, sersuv, vazni 20–32 g.

Hosildorligi 20–21 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston

1981-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

.

Ertapishar.

Ildizmevasi vazni 25.0 gr. O‘sish davri 28 kun.

Hosildorligi 2006-2007 yilgi mavsumda Toshkent nav sinash uchastkasida 12,2 t ni tash­kil etgan. Ajoyib tovar ko‘rinishga ega; yangiligida istemol qilishga mo‘ljallangan, fermer xo‘jaliklarida ekishga tavsiya etiladi.

Qayerda yaratilgan: Gollandiyaning “Beyo-Zaden” firmasi duragayi.

2008-yil Dav­lat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar. Ildizmevasi to‘q qizil, yumaloq, eti sersuv, nozik, tezda po‘kaklashib ketmaydi. Ajoyib tovar ko‘rinish­ga, karsillash xususiyatiga ega. Ildizmeva vazni 30,0 g. Gullab ketishga chidamli. O‘sish davri 30 kun.

Hosil­dorligi 2007-2008 yilga mavsumda Toshkent nav sinash uchast­kasida 23,5 t ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Gollandiyaning “Nunems” firmasi duragayi.

2009-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar. Ildizmevasi to‘q qizil, yumaloq, eti oq suvli, nozik, tezda po‘kaklashib ketmaydi. Ajoyib tovar ko‘rinishga, karsillash xususiyatiga ega. Ildizmeva vazni 30 g. Gullab ketishga chidamli. O‘suv davri 40 kun. Hosildorligi 2010-2011 yilgi mavsumda Toshkent nav sinash uchastkasida 24,5 t. ni tashkil etgan. Fermer xo‘jaliklariga ekishga tavsiya etiladi. Ochiq dalada hamda issiqxonada yetishtirishga mo‘ljallangan.

Qayerda yaratilgan: Gollandiyaning “Enza-Zaden” firmasi duragayi. 2012-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar. Ildizmevasi to‘q qizil, yumaloq, eti oq suvli, nozik, tezda po‘kaklashib ketmaydi. Ajoyib tovar ko‘rinishga ega, karsillash xususiyatli. Ildizmeva vazni 40 gr. Gullab ketishga chidamli. O‘suv davri 40 kun.

Hosildorligi 2010-2011 yilda Toshkent nav sinash uchastkasida 19.6 t ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Serbiya davlatining Sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti.

2012-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: