Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Sabzavot loviyasi

AGRO.UZ > Sabzavot loviyasi
AGRO.UZ > Sabzavot loviyasi

Sabzavot loviyasi MDH davlatlari orasida asosan Ukraina, Moldova va Kavkazda yetishtiriladi. Portugaliya, Bolgariya va Ruminiya kabi davlatlarda loviya katta hajmda va faqat eksport uchun yetishtiriladi. Sabzavot loviyasini yetishtirishning afzalliklariga qaramasdan, u hali ham MDH davlatlarida keng tarqalmagan. Biroq, kelajakda uning rivojlanish salohiyatiga shubha yo‘q.

Sabzavot loviyasi ozuqaviylik xususiyatlariga ko‘ra boshqa oziq-ovqat ekinlari orasida eng yuqori o‘rinlardan birini egallaydi. Amalda sabzavot loviyasi urug‘i (quruq don sifatida), shuningdek, pishmagan dukkaklari va urug‘lari (ko‘k sabzavot sifatida) isteʼmol qilinadi.

Mamlakatimiz hududida ko‘proq Toshkent viloyatida sabzavot loviyasining 5 ta navi ekiladi.

Ertapishar, o‘suv davri 60 kun.

Hosildorligi Toshkent Davlat nav sinash uchastkasida 29 s/ga ni tashkil etgan. Yangiligida isteʼmol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan. Kasalliklarga chidamli.

Qayerda yaratilgan: Samarqand Qishloq xo‘jalik instituti

2012-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Qayerda yaratilgan: Fransiya

2014-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston

2018-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: