Sabzi – soyabonguldoshlar oilasiga mansub ikki, qisman bir yillik o‘tsimon o‘simliklar turkumi, sabzavot ekini. Sabzi to‘rt ming yildan beri ekib kelinmoqda, hozirgi davrda ushbu turidan seleksiya yo‘li bilan ko‘p madaniy turlari yaratilgan.
Rossiyalik olim Nikolay Vavilov oq va binafsha rang sabzining vatani Afg‘oniston, sariq sabziniki – Xitoy deb taʼkidladi, ammo qizil rang O‘rta Yer dengizida birinchi bo‘lib o‘sgan. Sabzi ekini oftobsevar o‘simlikdir. O‘sishining boshida yorug‘lik yetishmasligiga ayniqsa sezgir, shuning uchun yuqori hosilni faqat yaxshi yoritish bilan olish mumkin, bu esa sabzi o‘simliklarining bir tekis taqsimlanishi bilan taʼminlanadi.
Sabzi qurg‘oqchilikka ancha chidamli, ammo tuproqdagi namlik yetishmasligi bilan o‘simlikning yer usti qismi va ildizmevasi o‘sib rivojlanishi sekinlashadi hamda eti qo‘pollashadi. Haddan tashqari namlik bilan o‘sish deyarli to‘xtaydi, ildizlar nobud bo‘ladi va hosil kamayadi.
Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda sabzining 29 ta navi ekiladi.
Davlatimizda yetishtirilgan sabzi mahsuloti Afg‘oniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya davlatlariga eksport qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: