Turp karamdoshlar yoki butgullilar oilasiga mansub bo‘lib, ikki yillik o‘simlik. Uning kelib chiqish markazi ikkita: O‘rta Yer dengizi va Sharqiy Osiyo hisoblanadi.
O‘zbekistonda bu ekin turining o‘chog‘i Farg‘ona vodiysining Marg‘ilon, Oltiariq tumanlari bo‘lib, turp, piyoz va boshqa sabzavotlar ko‘p ekilgan.
Turp sovuqqa chidamli o‘simlik bo‘lib, barcha krestguldoshlar singari ildizmevasi kuzning o‘rtacha haroratida o‘sib, shakllanadi. Turp tuproqning unumdorligi va mexanik tarkibi yengil, gumusga boy bo‘lishiga talabchan.
Mamlakatimiz hududida turli viloyatlarda turpning 4 ta navi ekiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: