Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Shirin qalampir

AGRO.UZ > Shirin qalampir
AGRO.UZ > Shirin qalampir

Qalampir tomatdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub bo‘lib, madaniy holda Sapsicum annuum L. turi ekiladi. Qalampirning vatani Janubiy Amerikaning Meksika va Gvatemala mamlakatlari hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha eng ommabop va talabgir sabzavot ekinlaridan bo‘lgan qalampir yetishtirilayotgan maydonlar 2-2,3 mln gektarni tashkil etadi. Bir necha yillardan buyon Xitoy (17,4 mln t), Meksika (2,3 mln t), Turkiya (2,2 mln t), Indoneziya (1,8 mln t) davlatlari qalampir yetishtirish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekiston sharoitida ochiq yerda shirin qalampir bir yillik o‘simlik bo‘lib, u juda issiqsevar hisoblanadi. Shirin qalampir yengil, qumoq, strukturali organik va mineral moddalarga boy tuproqlarda yaxshi o‘sib, rivojlanadi. Shuningdek, issiqxonalarimizda ham shirin qalampirning sara navlari yetishtiriladi.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda shirin qalampirning 47 ta navi ekiladi.

Mamlakatimizda yetishtirilgan shirin qalampir mahsuloti Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, BAA, Polsha, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinadi.

Shirin qalampir navlari (ochiq maydonga ekishga tavsiya etilgan)

Ertapishar nav, texnik pishguniga qadar o‘sish davri 110-120 kun.

Tupi shtambli, o‘rta bo‘yli 45-55 sm, ixcham, yaʼni novdalari yon tomonga yotib qolmaydi, barg bilan yaxshi qoplanadi.

Meva vazni: texnik yetilganda- 50-60 g, biologik yetilganda 85-100 g. Eti qalinligi: texnik yetilganda 4,0-4,5 mm, biologik yetilganda 5,0-5,5 mm Meva rangi: texnik yetilganda och limon rang, biologik yetilganda tiniq qizil rang.

Hosildorligi 50-60 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2002-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar nav, texnik pishguniga qadar o‘sish davri 110-120 kun.

Tupi shtambli, o‘rta bo‘yli 45-50 sm, ixcham, yaʼni novdalari yon tomonga yotib qolmaydi.

Meva vazni: texnik yetilganda 55-60 g, biologik yetilganda 75-90 g.

Meva rangi: texnik yetilganda och sarg‘ish rang, biologik yetilganda to‘q limon rang.

Hosildorligi 50-60 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2013-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rta ertapishar nav, texnik pishguniga qadar o‘sish davri 116-120 kun.

Tupi ixcham, past bo‘yli 44-52 sm Mevasi konussimon, yuzasi tekis, kam seziluvchan qabariqli, vazni 64-70 g, texnik yetilganda qaymoq rang, biologik yetilganda qizil, eti sersuv, qalinligi 5,0 mm.

Hosildorligi 25-30 t/ga. Ro‘zg‘orda ishlatishga va qayta ishlashga yaroqli, issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1994-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, o‘sish davri: texnik pishguncha 120-125 kun, biologik pishgunicha 140-145 kun. Tupi shtambli, serbarg.

Mevasi konussimon, o‘rtacha vazni 110-115 g, texnik yetilganda sarg‘ish, biologik yetilganda qizil, yuzasi notekis, bir oz qabariqli, ayrim joylari botgan, eti sersuv.

Hosildorligi 40-45 t/ga. Turli maqsadlarda ishlatishga yaroqli, issiqqa chidamli.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

1980-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar nav, texnik pishguniga qadar o‘sish davri 128 kun.

Tupi yig‘iq, o‘rtacha hajmda, uzunligi 50 sm, bargi o‘rtacha, to‘q yashil.

Mevasi piramidasimon, o‘rtacha, yuzasi silliq, bir oz qabariqli, ayrim joylari botgan, texnik pishganda och yashil, biologik pishganda och qizil, uzunligi 6,5 sm, eni 4,3 sm, vazni 45 g, shirin.

Hosildorligi 25 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2005-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Erta-o‘rtapishar nav, o‘rta bo‘yli 42-45 sm, texnik pishguniga qadar o‘sish davri 100-105 kun.

Mevalari pastga qaragan, prizmasimon shaklda, o‘rtacha kattalikda, rangi to‘q qizil, eti o‘rtacha qalinlikda, meva yuzi silliq, vazni texnik yetilganda 60-70 g, biologik yetilganda 75-85 g. Hosildorligi 34,8 t/ga.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekiston.

2020-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Shirin qalampir navlari (Issiqxonada ekishga tavsiya etilgan)

Ertapishar. Venger tipidagi shirin qalampir. Tupi yirik, o‘rtacha kattalikda, uzunligi 8×12 sm, bargi o‘rtacha kattalikda, rangi och yashil, pishganda rangi qizil.

Meva vazni 145 g. Hosildor, mevasi yangiligicha isteʼmol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli, aʼlo darajada taʼmga ega, transportda tashishga qulay va fermer xo‘jaliklarida ekishga tavsiya etiladi.

Hosildorligi o‘rtacha 18,5 t/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Fransiya davlatining “Kloz” urug‘chilik kompaniyasining duragayi.

2007-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya qilingan.

O‘rtapishar. Tupi yirik, o‘rtacha kattalikda, uzunligi 45-50 sm.

Meva shakli uzunchoq, o‘rtacha kattalikda, texnik pishganda rangi yashildan to‘q sariq rangga o‘tib pishadi.

Meva vazni 250 g. Yangiligicha isteʼmol qilishga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay va fermer xo‘jaliklarida ekishga tavsiya etiladi.

Hosildorligi o‘rtacha 45,0 t/ga ni tashkil etgan.

Qayerda yaratilgan: Gollandiya davlatining “Nunems” firmasining duragayi.

2008-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida barcha viloyatlarda ekish uchun tavsiya qilingan.

Kechpishar. Mevalari yirik, kubiksimon, rangi qizil, eti qalin. Meva yuzasi silliq.

Meva vazni 114 g. O‘sish davri 112 kun. Yangiligicha isteʼmol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli.

Hosildorligi o‘rtacha 48,2 t/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Fransiya davlatining “Kloz” urug‘chilik kompaniyasining duragayi.

2012-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida faqat Toshkent viloyatida ekish uchun tavsiya qilingan.

Ertapishar. Tupi yirik, o‘rtacha kattalikda, uzunligi 45-50 sm.

Meva shakli kubiksimon-cho‘ziq, 3-4 ta kamerali, o‘rtacha kattalikda, rangi to‘q qizil, eti qalin. Vazni 200 g. O‘sish davri 79 kun.

Yuqori hosildor, yangiligicha isteʼmol qilishga va qayta ishlashga mo‘ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay. Ushbu duragay ochiq dalada hamda issiqxonalarda ekishga tavsiya etiladi.

Hosildorligi o‘rtacha 52.0 t/ga ni tashkil etadi.

Qayerda yaratilgan: Gollandiya davlatining “Nunems” firmasining duragayi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: