Baqlajon – ituzumdoshlar oilasiga kiruvchi issiqsevar, bir yillik o‘simlik bo‘lib, uning vatani Hindiston. Baqlajonning mayda (40-60 g) mevali turlari Xitoy, Yaponiyada, yirik (150-200 g) mevalari, Hindistonda yaratilgan.
Baqlajon mevasini eksport qilishning qulayliklari shundaki, yig‘ishtirilgan hosilni transportlarda bozorlarga yoki boshqa shaharlarga jo‘natishda pomidor yoki boshqa sabzavotlar kabi ko‘p harajat talab qilmaydi, shuningdek, tez urinmaydi va sifati yo‘qolmaydi.
Baqlajon o‘simligi mexanik tarkibi yengil, unumdor, loyqa o‘tirgan yerlarda, shuningdek, soz tuproqli va yaxshi o‘g‘itlangan qumloq tuproqli yerlarda, tarkibida 5% gumus bo‘lgan tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Mexanik tarkibi og‘ir yerlar va sho‘rlangan yoki botqoqlangan yerlarda unchalik yaxshi o‘smaydi. Baqlajonning tuproq unumdorligiga bo‘lgan talabi ham katta.
Yurtimiz hududida deyarli barcha viloyatlarda baqlajonning 22 navi ekiladi.
Mamlakatimizda yetishtirilgan baqlajon mahsuloti Belorus Respublikasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston kabi davlatlarga eksport qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: