Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

YAPONIYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JICA) ISHTIROKIDAGI “MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOG‘IDA QO‘SHILGAN QIYMAT ZANJIRI YARATISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI

AGRO.UZ > YAPONIYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JICA) ISHTIROKIDAGI “MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOG‘IDA QO‘SHILGAN QIYMAT ZANJIRI YARATISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI
AGRO.UZ > YAPONIYA XALQARO HAMKORLIK AGENTLIGI (JICA) ISHTIROKIDAGI “MEVA-SABZAVOTCHILIK TARMOG‘IDA QO‘SHILGAN QIYMAT ZANJIRI YARATISHNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASI

Xorijiy hamkor/kreditor: Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)

Amalga oshirish muddati: 2020-2025-yillar

Loyiha qiymati: 213,2 mln doll.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi “Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4669 sonli qarori.

Maqsadi: Respublikada meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z muddatida samarali amalga oshirish, qishloq xo‘jaligi korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlash, raqobatbardosh meva-sabzavotchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda respublika hududlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish.

Imtiyozli kredit olish tartibi va shartlari

  • AJ “O‘zmilliybank”
  • ATB “Turonbank”
  • ATIB “Ipoteka-bank”
  • AITB “Ipak Yo‘li”
  • ATB “Mikrokreditbank”
  • ATB “Qishloq Qurilish bank”
  • ATB “Sanoatqurilish bank”
  • ATB “Aloqa bank”
  • AT “Xalq bank”

–  10 yil muddatgacha beriladi, shundan 5 yilgacha imtiyozli davr hisoblanadi;

–  Kredit mablag‘lari AQSH dollarida loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali:

AQSH dollarida – 8%;

O‘zb.so‘m. – 17%.

–  Imtiyozli kredit hisobidan import qilinadigan barcha tovar, xizmat, texnika va texnologiyalar, jihoz va uskunalar qo‘shimcha bojxona to‘lovlardan ozod etiladi.

–          Kredit olish uchun korxona rahbarining arizasi;

–          Korxonaning nizomi va taʼsis hujjatlari (nusxa);

–          Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida guvohnoma (nusxa);

–          Loyihaning ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosa;

–          Oxirgi yil uchun korxonaning buxgalteriya balansi va moliyaviy hisoboti (nusxa);

–          Tovarlar, xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha imzolangan shartnoma (nusxa);

–          Xarid qilinadigan tovar, xizmatlar bo‘yicha kamida 3 ta tijorat taklifi;

–          Biznes-reja;

–          Biznesni rivojlantirishda amalga oshirish rejalari bo‘yicha yo‘l xarita (Dorojniy karta);

–          Garov taʼminoti bo‘yicha tegishli hujjatlar   (kredit summasidan 125%dan kam bo‘lmagan holda);

–          Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, tijorat banklar tomonidan boshqa zaruriy hujjatlar talab etilishi mumkin.

  1. Qishloq xo‘jaligi korxonasi, fermer xo‘jaligi yoki tadbirkor tijorat banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.
  2. Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqib, ularni Kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun bankning Bosh ofisiga yuboradi.
  3. Bosh bank Kredit qo‘mitasining ijobiy xulosasidan so‘ng, loyihani moliyalashtirish uchun Argosanoat majmuyi va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga tegishli hujjatlar to‘plamini kiritadi.
  4. Agentlik tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to‘plamini Xalqaro moliya instituti talablariga muvofiqligini o‘rganib, Xalqaro moliya institutiga kelishish uchun kiritadi.
  5. Kredit hujjatlari to‘plami bo‘yicha Xalqaro moliya institutining ijobiy qarori olingandan so‘ng, Agentlik tijorat bankining maxsus hisob raqamiga loyihani moliyalashtirish uchun talab etilgan summani o‘tkazib beradi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: