Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

«FARG‘ONA VODIYSIDA QISHLOQ TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH»

AGRO.UZ > «FARG‘ONA VODIYSIDA QISHLOQ TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH»
AGRO.UZ > «FARG‘ONA VODIYSIDA QISHLOQ TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISH»

Xorijiy hamkor/kreditor: Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida

Amalga oshirish muddati: 2019-2025-yillar

Loyiha qiymati (mln.doll): 200 mln AQSH doll.

Loyiha Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-iyuldagi «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4399-sonli qarori.

Qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy tizimni yana-da chuqur isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish.

IMTIYOZLI KREDIT OLISH TARTIBI VA SHARTLARI

  • AT “Xalq bank”
  • ATB “Turonbank”
  • ATIB “Ipoteka-bank”
  • XATB “Orient Finans”
  • XATB “Madad Invest Bank”
  • ATB “Savdogar bank”
  • ATB “Qishloq Qurilish bank”
  • XATB “Turkiston bank”
  • ATB “Asaka bank”
  • ATB “Sanoatqurilish bank”

–        10 yil muddatgacha beriladi, shundan 3 yilgacha imtiyozli davr hisoblanadi;

–        Kredit mablag‘lari AQSH dollari va Milliy valyutada loyihada ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali:

1) AQSH dollarida – 7-8%;

2) Milliy valyutada (so‘m) – 21-22%;

«Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish» loyihasi doirasida:

  1. Bir dehqon va fermer xo‘jaligi uchun maksimal kredit miqdori 125 ming AQSH dollarigacha yoki milliy valyuta ekvivalentida;
  2. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida klaster tashkil qilish istagidagi tadbirkorlar uchun 2,0 mln. AQSH dollarigacha yoki milliy valyuta ekvivalentida;
  3. Mijozning loyihadagi ulushi eng kamida 25 foiz ekvivalentida bo‘lishi kerak.

– Imtiyozli kredit hisobidan import qilinadigan barcha tovar, xizmat, texnika va texnologiyalar, jihoz va uskunalar soliq to‘lovlaridan, yaʼni qo‘shimcha qiymat solig‘i, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlardan ozod etiladi.

–        Kredit olish uchun korxona rahbarining arizasi;

–        Korxonaning nizomi va taʼsis hujjatlari (nusxa);

–        Ro‘yxatdan o‘tganlik haqida guvohnoma (nusxa);

–        Loyihaning ekologik ekspertizasi bo‘yicha xulosa;

–        Oxirgi yil uchun korxonaning buxgalteriya balansi va moliyaviy hisoboti (nusxa);

–        Tovarlar, xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha imzolangan shartnoma (nusxa);

–        Xarid qilinadigan tovar, xizmatlar bo‘yicha kamida 3 ta tijorat taklifi;

–        Biznes-reja;

–        Biznesni rivojlantirishda amalga oshirish rejalari bo‘yicha yo‘l xarita (Dorojnaya karta);

–        Garov taʼminoti bo‘yicha tegishli hujjatlar (kredit summasidan 125%dan kam bo‘lmagan holda);

–        Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, tijorat banklar tomonidan boshqa zaruriy hujjatlar talab etilishi mumkin.

  1. Qishloq xo‘jaligi korxonasi, fermer xo‘jaligi yoki tadbirkor tijorat banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.
  2. Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqib, ularni Kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun bankning Bosh ofisiga yuboradi.
  3. Bosh bank Kredit qo‘mitasining ijobiy xulosasidan so‘ng, loyihani moliyalashtirish uchun Argosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti soxasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligiga tegishli hujjatlar to‘plamini kiritadi.
  4. Agentlik tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to‘plamini Xalqaro moliya instituti talablariga muvofiqligini o‘rganib, Xalqaro moliya institutiga kelishish uchun kiritadi.    
  5. Kredit hujjatlari to‘plami bo‘yicha Xalqaro moliya institutining ijobiy qarori olingandan so‘ng Agentlik tijorat bankining maxsus hisob raqamiga loyihani moliyalashtirish uchun talab etilgan summani o‘tkazib beradi.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: