Qovun – qovoqdoshlar oilasi, bodring turkumiga mansub byuir yillik o‘t o‘simliklar turi; poliz ekini. Ildizi o‘qildiz, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Palagi ingichka, yotib o‘sadi. Barglari uzun bandli, palakda ketma-ket joylashgan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasining shakli turli (yumaloq, ovalsimon, cho‘zinchoq). Vazni 200 g dan 16-25 kg gacha. Po‘sti qalin (1,5-2 sm), o‘rtacha (1 -1,5 sm), yupqa (0,5 – 1,4 sm), eti yumshoq, sersuv, sershira, qumoq, baʼzilariniki tolali, rangi oq, qizil, sarg‘ish, yashilroq. Urug‘i oq, och sariq va sariq. Mevasi tarkibida 8-20% quruq modda, 18% qand (saxaroza), 0,1-0,7 kletchatka, folat kislota, kaliy, natriy, kalsiy, magniy, temir, fosfor, oltingugurt va boshqa mikroelementlar bor.
Qovun issiqsevar, yorug‘sevar o‘simlik, qurg‘oqchilikka va tuproq sho‘rlanishiga chidamli. Urug‘i tuproq harorati 14-15 ga yetganda una boshlaydi (13 dan past haroratda urug‘i chiriydi). Ekilgandan keyin 5-7 kunda maysa unib chiqadi. O‘suv davrida qator oralari 2-3 marta yumshatiladi. Tuproq sharoitiga qarab 5-6 marta sug‘oriladi. Har sug‘orishdan keyin ariq qirovi bosiladi. Hosildorligi 250-300 sentner/gektar.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda qovunning 56 navi yetishtiriladi.
Bugungi kunda yurtimizda yetishtirilayotgan qovun mahsuloti Afg‘oniston, Belorus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Moldaviya, Niderlandiya, BAA, Pokiston, Polsha, Rossiya, Tojikiston,Ukraina, Chexiya, Shveysariya kabi mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: