O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida vazir Aziz Voitov va Jahon bankining oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi Hududiy boshqarmasi boshlig‘i Frauke Yungblut bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda Qishloq xo‘jaligining 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi doirasida O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida agrar sohadagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi. Jahon banki O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasining uzoq yillik ishonchli hamkori hisoblanadi. Uchrashuvda tomonlar Jahon banki bilan hamkorlikdagi umumiy qiymati 1,35 mlrd dollarlik 3 ta yirik loyihaning amalga oshirilishni davom ettirish bo‘yicha kelishib olishdi. Aynan:
Uchrashuv davomida tomonlar oziq-ovqat tizimini barqaror rivojlantirish uchun amalga oshiriladigan loyihalarning samaradorligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni muhokama qilishdi. Shu bilan birga, iqlim o‘zgarishlariga qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqaruvchilarni moslashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buning uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: