Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi

AGRO.UZ > Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi
AGRO.UZ > Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi
Agentlik haqida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 20-mart 2019-yildagi PQ-4246-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzurida Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan.

– bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirishni ta’minlashga qaratilgan maqsadli kompleks dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

– zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni, shu jumladan tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlarini qo‘llagan holda, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari maydonlarini kengaytirish, shuningdek, bozor kon’yunkturasi tahlilini hisobga olgan holda, meva mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralarini ko‘rish;

– hududlarning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligida ilmiy yutuqlar, ilg‘or ilmiy ishlanmalar va intensiv agrotexnologiyalardan keng foydalanishni tashkil etish.

– “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklariga xalqaro sertifikatlash standartlarini joriy etishda ko‘maklashish;

– meva mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, saralash, kalibrlash, qadoqlash va sotishning butun zanjirini o‘z ichiga olgan klaster shaklini tashkil qilish va kooperatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;

– bozorlar kon’yunkturasi bo‘yicha chuqur marketing tadqiqotlarini o‘tkazish yo‘li bilan raqobatbardosh mahsulot yetishtirish, uni sotishni tashkil qilish, eksport salohiyatini oshirish maqsadida investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishga ko‘maklashish;

– tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan meva navlarini joylashtirish va yetishtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

– bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklari sohasida mutaxassislarni o‘qitish, ularning malakasini oshirish, innovatsiyalarni rivojlantirish va joriy etish masalalari bo‘yicha, mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, sohaga ixtisoslashgan xorijiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish.

  1. Respublika bo‘yicha jami 33 693 ta (208 ming gektar) bog‘dorchilik va 2 155 ta (4 942 gektar) issiqxona xo‘jaliklari to‘liq xatlovdan o‘tkazildi hamda yagona elektron ma’lumotlar bazasiga kiritildi.
  2. Bog‘larning 61 ming gektari yoki 29 foizi intensiv (pakana va yarim pakana) bog‘larni tashkil etdi, ushbu maydondagi bog‘lardan 32,7 ming gektarida yoki 54,5 foizida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etildi.
  3. Jami 1 mln 806 ming tonna meva hamda 928 ming tonna uzum mahsulotlari yetishtirildi.
  4. Respublikadagi fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 24,4 ming gektar maydonda yangi bog‘ (2019-yilga nisbatan 125 foiz), 13,6 ming gektar maydonda xo‘raki va kishmishbop uzumzor (2019-yilga nisbatan 105 foiz) barpo etildi.
  5. 613 gektar maydonda issiqxonalar ishga tushirildi va 437 gektar maydonlarda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.
  6. Yangi barpo etilgan bog‘ va uzumzorning 10 ming gektari (26 foiz) yaroqsiz bog‘ va uzumzorlar o‘rnida, 15 ming gektari (39 foiz) lalmi hududlarda va 13 ming gektari (35 foiz) hosildorligi past bo‘lgan paxta va g‘alladan qisqargan yerlarda barpo etildi.
  7. Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan, yangi barpo etilgan bog‘larda 11,9 ming gektar maydonda joriy etilgan tomchilatib sug‘orish texnologiyalari va 134 dona burg‘ilangan quduqlar, shuningdek nasos stansiyalari uchun fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga jami 80 mlrd so‘m subsidiyalar ajratildi (2019- yilga nisbatan 6 barobar ko‘p).

– Xorijiy mutaxassislar (Fransiya, Italiya, Turkiya, Niderlandiya) ishtirokida bog‘dorchilik va issiqxonachilik bo‘yicha o‘quv-seminarlari o‘tkazildi. Hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, mevali bog‘lar tashkil etish uchun yer tayyorlash, ko‘chat tanlash, ekish, sug‘orish, parvarishlash va hosilni yig‘ib olish texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilib, fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalariga tarqatildi.

– Germaniya Federativ Respublikasi Vageningen universiteti, Turkiya Respublikasining Ko‘chatchilik va urug‘chilik uyushmasi, Ispaniyaning ko‘chat yetishtiruvchilari, Italiya va Niderlandiya davlatlarining issiqxonachilikka ixtisoslashgan yirik kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

– Surxondaryo viloyati Denov tumanida tashkil etilgan “In-vitro” laboratoriyasi xodimlari Turkiyadagi yirik ko‘chatchilik kooperativi bazasida 4 oy davomida malaka oshirib kelishdi.

– Fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarida 30 ming gektar mevali bog‘lar va 15 ming gektar uzumzorlar tashkil etiladi hamda ushbu maydonlarda tomchilatib sug‘orish tizimlarini joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to‘lovlari amalga oshiriladi;

– mavjud yaroqsiz va iqtisodiy samarasiz 14 ming gektar bog‘ va uzumzorlar buzilib, ularning o‘rnida yangi mevali bog‘ va uzumzorlar barpo etish ishlari tashkil qilinadi;

– bog‘ va uzumzorlarni “tayyor holda topshirish” yangi mexanizmi asosida 3 ming gektar maydonda plantatsiya usulida, intensiv bog‘ va uzumzorlar barpo etish hamda ularni tashabbuskorlarga uzoq muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan investitsion shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri realizatsiya qilish yo‘lga qo‘yiladi;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda, 100 ming gektar maydonda bog‘ va 80 ming gektarda uzumchilik fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarini kooperatsiyalarga birlashtirish choralari ko‘riladi;

– intensiv ko‘chatchilikni rivojlantirish, ko‘chat importini qisqartirish maqsadida, mahalliy sharoitda yetishtirilgan intensiv (pakana va yarim pakana) ko‘chatlarni sotib olish harajatlarining bir qismini fermer xo‘jaliklariga subsidiya sifatida qoplab berish tizimi joriy etiladi;

– mevali ko‘chat yetishtiruvchilar bilim va tajribasini oshirish uchun, ko‘chatchilik maktabini tashkil etish choralari ko‘riladi va mevali ko‘chatlarni sertifikatlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

– Yevropa Ittifoqi grant mablag‘lari hisobidan akademik M. Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining Namangan ilmiy-tajriba stansiyasida mevali daraxt payvandtaglari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “In-vitro” laboratoriyasi ishga tushiriladi;

– hududlarda 1 087 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar, jumladan Toshkent viloyatida 364 gektar maydonda sanoat usulida bir xil tipdagi zamonaviy issiqxona komplekslari, shu jumladan sovutkichli sig‘imlar, qadoqlash, qayta ishlash va logistika markazlarini tashkil etish ishlari amalga oshiriladi.

Direktor: Karimov Xusnidin Mo‘minovich
Ish jadvali: dushanba-juma, 9:00 dan 18:00 gacha
Qabul kunlari: payshanba, juma, 15:00 dan 18:00 gacha
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 6-uy (1,2,3-qavat)
Telefon: (0-371) 244-46-25
Faks: (0-371) 244-39-46
Sayt: http://bvir.uz
E-mail: garden@agro.uz

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: