Respublikada 50 ming gektarga yaqin sun’iy va 547 ming gektar tabiiy suv havzalari mavjud. Baliqchilik tarmog‘ida jami 4 mingdan ziyod baliqchilik xo‘jaligi faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston baliqchilik tarmog‘i jadal rivojlanmoqda, ishlab chiqarishga yangi texnologiyalar faol joriy etilmoqda.
So‘nggi yillarda baliqning 10 turi iqlimlashtirilib, ularni sanoat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (venger va vetnam karplari, yapon koyasi, forel, losos, koryushka, osetr, tilapiya, sudak, afrika laqqa balig‘i).
Birgina 2021-yilning o‘zida 340 mln dollarlik 1330 ta yangi loyiha amalga oshirildi, sohaga jalb etilgan xorijiy investitsiyalar 29 mln dollarni tashkil etdi.
Ushbu chora-tadbirlarning barchasi o‘zining sezilarli samarasini bermoqda. Oxirgi besh yil ichida mamlakatimizda baliq yetishtirish hajmi uch baravar oshdi: agar 2015-yilda 59,9 ming tonnani tashkil etgan bo‘lsa, 2021-yilda bu ko‘rsatkich 173,9 ming tonnaga yetdi.
Agrar sektorning ushbu yo‘nalishi bo‘yicha salohiyatning oshirilishi va ichki bozorning ushbu foydali va to‘yimli mahsulot bilan izchil to‘ldirilishi davlatimiz oziq-ovqat xavfsizligi darajasini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: