Rossiya delegatsiyasining yurtimizga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Uning tarkibida Chelyabinsk viloyati gubernatori o‘rinbosari Sergey Sushkov, Chelyabinsk viloyati qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Inna Podshivalova, Janubiy Ural Savdo-sanoat palatasi vitse-preidenti Sergey Ermakov, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish va logistika sohasi bilan shug‘ullanuvchi qator kompaniyalar rahbarlari bor.
3 kunlik tashrif davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari, ixtisoslashgan mutaxassislar, ishbilarmonlar bilan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bugun, tashrif yakunida, delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov bilan uchrashdi.
“Bu muloqot shakli, mening fikrimcha, juda samarali. O‘zaro manfaatli hamkorlik uchun umumiy manfaatlarni topish muhim. O‘z navbatida, biz har qanday tashabbusni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz”, — dedi Aziz Voitov.
Rossiya tomoni ta’kidlaganidek, bu uch kun juda samarali bo‘ldi. Ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, texnologiyalardan foydalanish, logistika faoliyati samaradorligini oshirish sohalarida hamkorlikni rivojlantirishdan chuqur manfaatdorlik bildirildi – buning uchun barcha shart-sharoit mavjud.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: