Ilgari biz uzumzorlar va bog‘larni sug‘urtalash haqida yozgan edik.
Ushbu materialda biz sizning e’tiboringizga sabzavot ekinlari hosilini qanday sharoitlarda sug‘urta qilish mumkinligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz.
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bozori sabzavot ekinlarini sug‘urtalashning quyidagi turlarini taklif etadi
Sabzavot ekinlarini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida
Ochiq yerga ekiladigan sabzavot ekinlari: karam, lavlagi, sabzi, piyoz, sarimsoq, pomidor, bodring, qalampir, bulg‘or qalampiri, baqlajon, rediska, sholg‘om, turp, qovoqcha, patisson va boshqa sabzavotlar.
Poliz ekinlari: qovun, tarvuz, qovoq va boshqa poliz ekinlari.
Sug‘urta shartnomasi kalendar muddatlaridan kechiktirmay (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan) ekilgan ekinlar uchun 1 (bir) qishloq xo‘jaligi yiliga, unib chiqqandan keyin esa sug‘urtalovchining ekin maydonlarining maydoni va holatini o‘rgangandan so‘ng ijobiy xulosasiga ko‘ra 20 (yigirma) kunga tuziladi.
Sug‘urta xatarlari – shamol, bo‘ron, do‘l, kuchli yomg‘ir (sel), ko‘chki va qor ko‘chkisi, yong‘in, portlash, chaqmoq, qurg‘oqchilik va garmsel, havo haroratining keskin pasayishi, qahraton sovuq, kuchli qor yog‘ishi, suv kamayishi (tanqisligi), suv sathining yuqoriligi (suv toshqini).
Sug‘urta hodisasi deb sug‘urta tavakkalchiligi tufayli sabzavot va poliz ekinlarining yig‘ib olinmasligi va nobud bo‘lishi natijasida Sug‘urtalangan shaxsning moliyaviy zarariga aytiladi.
Sug‘urta qiymati deb oxirgi 3 (uch) yildagi o‘rtacha hosildan kelib chiqib, 1 sentner mahsulotning sotish bahosidan kelib chiqqan holda yoki shartnoma shartnomasi asosida aniqlangan hosilning qiymatiga aytiladi.
Sug‘urta summasi – sug‘urta qiymatining 50 (ellik) foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdoridan iborat.
Sug‘urta mukofoti Sug‘urta summasiga nisbatan Sug‘urtalovchi tomonidan tasdiqlangan sug‘urta tarifi (stavkasi) asosida belgilanadi.
Sug‘urtalangan hosilning shikastlanishi yoki yo‘qolishi natijasida hosilni yig‘ishtirib olish imkoniyati kamaygan yoki yo‘qolgan bo‘lsa, Sug‘urta qildiruvchi hodisa to‘g‘risida 3 (uch) kun ichida Sug‘urtalovchini xabardor qilishi shart. Xabarnoma erkin shaklda yoziladi va voqea sodir bo‘lgan oy, kun, davr, hodisaning nomi, uning davomiyligi, tezligi yoki intensivligi, zarar ko‘rgan bog‘larning nomi, qanday zarar ko‘rganligi (qisqacha), ekin maydoni, agar aybdorlar bo‘lsa – ular haqida ma’lumot keltiriladi.
Hosilning sug‘urta qiymati bilan joriy yilda bir gektar ekin maydonidan olingan hosil qiymati o‘rtasidagi farq sug‘urtalangan shaxs tomonidan ko‘rilgan zarar hisoblanadi.
Moliyaviy yo‘qotish miqdori olingan barcha mahsulotlarni hisobga olgan holda alohida hisoblanadi.
Ochiq dalada yetishtiriladigan asosiy sabzavotlarga (karam, bodring, pomidor, lavlagi, sabzi, kartoshka, piyoz va sarimsoq) nisbatan sug‘urta tovonlari ularning har biri uchun alohida, boshqa sabzavotlar bo‘yicha esa guruhlar bo‘yicha belgilanadi.
Hozirgi vaqtda bog‘dorchilik-uzumchilik, polizchidik va kartoshka sug‘urtasi sohasini rivojlantirishda bir qator muammolar mavjud:
Jumladan:
Bog‘dorchilik-uzumchilik, sabzavot va poliz ekinlarini sug‘urtalashda mavjud muammolarni bartaraf etish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar:
Yuqoridagi takliflarni hayotga tatbiq etish orqali meva-sabzavotchilik sohasida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklarini turli tabiiy ofatlardan sug‘urtalash va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga erishish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2022 yildagi 387-son “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan qishloq xo‘jaligi korxonalariga — meva, uzum, kartoshka, sabzavot, poliz ekinlari, ko‘katlar va dorivor o‘simliklar, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga budjetdan ssuda ajatiladi.
Kredit mablag‘larining qaytmaslik xatarini sug‘urta qilish bo‘yicha yoki hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha garov ta’minoti sifatida qabul qilinib, kreditlarni so‘ndirishga yo‘naltirilishi mumkin;
Qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni xavf-xatardan sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.
Moliya vazirligi 2023-yil va kelgusi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urta qilish xarajatlarining 50 foizini qoplash maqsadlari uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga zarur mablag‘lar ajratilishini ta’minlash topshirilgan.
Material “O‘zagrosug‘urta” AJ ma’lumotlari asosida tayyorlangan.
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati. Korxona Respublika Prezidentining 1997-yil 25-fevraldagi PQ-1713-son qarori asosida tashkil etilgan boʻlib, kompaniya faoliyatining ustuvor yoʻnalishi qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va qishloq aholisini sugʻurta himoyasi hisoblanadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: