Agrosug‘urta mavzusiga bag‘ishlangan turkum materiallarni berishni davom ettiramiz.
Ayni paytda respublika bo‘ylab juda ko‘p miqdorda intensiv bog‘lar tashkil etilmoqda. Shuning uchun yaratilayotgan bog‘larni sug‘urtalash masalasi dolzarb hisoblanadi.
Dehqonchilikda innovatsion faoliyatlar tavakkalchilik bilan bog‘liq. Qishloq xo‘jaligida tovar ishlab chiqaruvchilarining mol-mulkini va yetishtirayotgan mahsulotlarni sug‘urtalash muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sug‘urta orqali turli ko‘rinishdagi tabiiy ofatlardan ko‘riladigan zararlarni qoplash kafolati taʼminlanadi
Agrosug‘urta segmentida bog‘lar va uzumzorlarni sug‘urtalashning turli uslublari taklif qilinadi. Ular orasida eng ommaboplari qo‘yidagilar:
Bugungi kunga qadar mamlakatimizda faqat ikkita sug‘urta kompaniyasi – “O‘zagrosug‘urta” AJ va “Semurg‘ sug‘urta” AJ QK kompaniyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi xizmatlari taklif qilinmoqda.
“O‘zagrosug‘urta” AJ ning bog‘ va uzumzorlar hosilini sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish shartlari va tartibi bilan tanishing.
Sug‘urta hodisasi – bog‘-uzumzorlar hosili sug‘urta tavakkalchiliklari( bo‘ron, do‘l, kuchli yomg‘ir(jala), sovuq urishi, yong‘in) tufayli kamayishi yoki butunlay nobud bo‘lishi natijasida Sug‘urta qildiruvchining moliyaviy zarar ko‘rishi hisoblanadi.
Sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin hamda sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida bog‘lar holati yuzasidan muntazam ravishda monitoring olib boriladi.
Sug‘urta qiymati – bog‘larning o‘rtacha 3 yillik yoki rejadagi hosildorlik, shartnomada kelishilgan xarid narxlari asosida aniqlanadi.
Sug‘urta puli — sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lib, sug‘urta qiymatining 50 % gacha aniqlanadi.
Sug‘urta mukofoti— Sug‘urta puli va Sug‘urta tarif miqdorlariga asosan hisoblanadi.
Urug‘li va danakli bog‘lar hosili bo‘yicha sug‘urta puli alohida-alohida hisoblanadi.
Sug‘urta mukofotlarini to‘lash muddatlari urug‘li va danakli bog‘lar bo‘yicha 1-martgacha, uzumzorlar bo‘yicha 1-aprelgacha etib belgilangan.
Quyidagi holatlarda sug‘urta shartnomasi tuzilmaydi :
Sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan bog‘larning zararlanishi yoki nobud bo‘lishi natijasida hosil olish imkoniyati kamaysa yoki yo‘qolsa Sug‘urtalovchiga 3 (uch) kun ichida bo‘lib o‘tgan hodisa to‘g‘risida xabarnoma beradi. Xabarnoma erkin holda yozilgan bo‘lib, unda hodisa ro‘y bergan oy, kun, davr, sodir bo‘lgan hodisaning nomi, davom etish muddati, tezligi yoki jadalligi, zararlangan bog‘lar nomi, qay tarzda zararlanganligi (qisqa holda), bog‘ maydoni, aybdor shaxslar bo‘lgan taqdirda, ular haqida maʼlumotlar beradi.
Sug‘urta qildiruvchining sug‘urtaga qabul qilingan hosildorlik qiymati bilan joriy yilda bir gektar bog‘ maydonidan olingan hosil qiymati orasidagi farqi, bog‘lardan ko‘rgan zarari hisoblanadi.
Misol :
Fermer xo‘jaligining 10 gektar hosilga kirgan olma bog‘i mavjud. Xo‘jalikning statistik maʼlumotlari asosida o‘rtacha 3 (uch) yillik hosildorligi quyidagicha:
Urug‘lik mevalarni sug‘urta qilishning amaldagi qoidalari shartlariga ko‘ra, hosildorlik quyidagicha aniqlanadi: sug‘urta shartnomasi juft yilda tuzilgan bo‘lsa, uch yillik hosil oxirgi juft yillar hisobidan, toq yilda tuzilgan bo‘lsa, oxirgi toq yillar hisobidan olinadi. Misol uchun, agar sug‘urta shartnomasi 2022-yilda tuzilgan bo‘lsa, unda uch yillik daromad 2016-, 2018-, 2020-yillar uchun belgilanadi.
Fermer xo‘jaligining Buyurtmachi-qayta ishlash korxonasi bilan tuzilgan shartnomasida 1 sentner mahsulot narxi 270 ming so‘m belgilangan.
Maʼlumot o‘rnida
Kompaniya Respublika Prezidentining 1997-yil 25-fevraldagi PQ-1713-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, faoliyatining ustuvor yo‘nalishi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va qishloq aholisini sug‘urta himoyasi” hisoblanadi.
“Semurg Insurance” AJ QK bilan sug‘urta shartnomalarini tuzish shartlari va tartibi:
“Semurg Insurance” AJ QK polisi quyidagi zararlar bo‘yicha xarajatlarni qoplaydi:
Dastlabki kunlardan boshlab kompaniya mijoz bilan yaqindan ishlaydi: o‘z mutaxassislari va agronomlarini jalb qiladi, tuproqni o‘rganadi, bir qator laboratoriya tadqiqotlarini o‘tkazadi, agrotexnologik tadbirlar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi.
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lgan taqdirda, u yo‘qotishlar uchun tovon to‘laydi va shu bilan mijozga nafaqat mavjud kreditlarni to‘lash, balki o‘z biznesini yangi ekish mavsumiga tayyorlashga ham yordam beradi.
Sug‘urta shartnomasini tuzishdan oldin mijoz ekish tarixi, ekish maydoni va kelajakdagi hosil bo‘yicha barcha maʼlumotlarni aks ettiruvchi ariza shaklini to‘ldiradi.
Quyidagi maʼlumotlar so‘raladi:
Arizani olgandan so‘ng, mutaxassislar u joyga yetib boradilar va tekshirish uchun tuproq namunalarini oladilar. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, sug‘urtaga qabul qilish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Sug‘urtaga qabul qilingan taqdirda agrotexnika mijozga beriladi. Monitoring ishlari shartnoma tuzilgan birinchi kundan boshlab hosil tugaguniga qadar amalga oshiriladi.
Sug‘urta mukofoti quyidagilardan hisoblab chiqariladi:
1 gektardan olingan hosil dala hajmi yetishtiriladigan ekinning bozor bahosi 5 yil asos qilib olinadi. Agar 5 yillik tarix bo‘lmasa, 3 yil hisoblanadi. Agar yer yangi bo‘lsa, u holda hududning 5 yillik maʼlumotlaridan kelib chiqiladi.
Misol:
Fermer xo‘jaligida 10 gektar maydonda olma bog‘i mavjud.
Statistik ma‘lumotlarga ko‘ra, fermer xo‘jaligining 5 (yil) yillik o‘rtacha hosildorligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
O‘rtacha 5 yillik hosildorlik 61,6 s/ga.
Tuproq tahlili ham o‘tkazilgan bo‘lib, uning natijasida hududning hosildorlik darajasi aniqlandi – 60 s/ga.
Urug‘lik mevalarni sug‘urta qilishning amaldagi qoidalariga ko‘ra, agar tuproq tahlili natijasi oxirgi 5 yil ichidagi o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichidan past darajani ko‘rsatgan bo‘lsa, u holda tuproq tahlili natijasida aniqlangan hosildorlik darajasidan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilinadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: