Respublikamizning Samarqand viloyatida joylashgan “Ohalik oltin bog‘i mevasi” MCHJ intensiv bog‘lar uchun payvandtaglar yetishtirish, meva-sabzavotlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmoqda.
Ayni paytda “Ohalik oltin bog‘i” meva-sabzavotchilik klasterida to‘liq zanjirli tizim ishga tushirilgan. Yaʼni ko‘chat yetishtirishdan tortib, toki hosilni yig‘ishtirib, mevalarni eksport qilishgaсha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ishga tushirilgan zavodlar. Klasterda 6 ming gektarli bog‘ mavjud. Bu yerda asosan danakli meva ko‘chatlari ekilib, ko‘paytiriladi. Danakli mevalarni qayta ishlash qulay bo‘lib, aynan ushbu klasterga tegishli 3 ta zavodda bu jarayon amalga oshiriladi. Shuniyam aytish kerakki, ushbu zavodlarda nafaqat klasterda yetishtirilgan daraxtlarning mevalari, balki aholi sotadigan mahsulotlari xarid qilinadi va qayta ishlanadi. Shuningdek, mevalarni xorijga shok usulida muzlatib eksport qilish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bunday mahsulotlar bolajonlarning qo‘shimcha ozuqalariga qo‘shish uchun ajoyib tanlov bo‘ladi.
Laboratoriyadagi payvandtaglar. 2016-yilda Gretsiya davlati texnologiyasi asosida klaster qoshida “In-vitro” laboratoriyasi faoliyati tashkil etilib, unga 3 mln yevro atrofida investitsiya kiritildi. Laboratoriyaga Turkiya va Gretsiya davlatlaridan maslahatchi mutaxassislar jalb etilishi natijasida payvandtaglar soni ortib, ularni eksport qilish hajmi kengaydi. Hozirda “In-vitro” laboratoriyasida olma, shaftoli, o‘rik, gilos, olxo‘ri kabi mevalarning payvandtaglari yetishtirilmoqda.
Klaster tarkibida “In-vitro” laboratoriyasini tashkil etishdan maqsad respublikada intensiv bog‘larni tubdan rivojlantirish еdi. Avvallari chet davlatlardan turli mevali daraxtlar ko‘chatlari qimmatbaho narx evaziga keltirilib, intensiv bog‘lar tashkil etilardi. Ko‘chat va mevalarga bo‘lgan talab ortgani sayin Ohalik oltin bog‘i mevasi klasteri tarkibida ham shunday laboratoriya tashkil etildi va ushbu maskanning o‘zida mevali daraxtlarning payvandtaglari yetishtiriladigan bo‘ldi. Xorijiy hamda mahalliy seleksion navlarni payvandtagni turiga ko‘ra ko‘paytirib, tez hosilga kiritish maqsad qilingan.
Payvandtaglar yetishtirish. Ushbu laboratoriyada payvandtag yetishtirish jarayoni quyidagicha taqsimlanadi:
Hozirga qadar “In-vitro” laboratoriyasida 2,5 mln dona payvandtaglar yetishtirishga erishildi va payvandlash ishlarini olib borilmoqda. Laboratoriyadan chiqqan ko‘chatlar issiqxona sharoitida 40-60 kungacha saqlanadi. Bu yerning iqlimiga moslashgan ko‘chatlarda mikropayvandlash ishlari amalga oshiriladi. Ushbu ko‘chatlarni vegetatsiya davri laboratoriya sharoitidan toki o‘suv jarayonigacha 6 oyga yetishi mumkin.
“Ohalik oltin bog‘i mevasi” MCHJ tarkibidagi “In-vitro” laboratoriyasida yetishtirilgan payvandtaglar nafaqat mahalliy bozorlarimizga, balki xorijiy bozorlarga ham eksport qilinmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: