Organik mahsulotlar nima uchun kerakligiga bag‘ishlangan maqolani eʼlon qilganimizdan so‘ng mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilardan bir qancha murojaat va savollar kelib tushdi. Jumladan, ular orasida organik mahsulotlarni yetishtirishni boshlash uchun nimalar qilish zarurligi, qanday qadamlarni bosib o‘tish kerakligi haqida so‘rovlar bor edi. Bugungi materialimiz aynan shu mavzu tafsilotlariga bag‘ishlanadi.
Kimga murojaat qilish kerak?
Organik mahsulotlarni yetishtiruvchi agroklaster va fermer xo‘jaliklariga ishni boshlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi”, “AKIS” markazlariga va boshqa xususiy yo‘nalish bo‘yicha maslahat hizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalarga murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Markazlar shartnoma asosida ishlab chiqaruvchilarga zarur barcha maslahatlarni berib boradi.
Jumladan:
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari
Organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish shartlari quyidagilardan iborat:
Organik mahsulotlar toifasiga kirmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan organik mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tish chog‘ida o‘tish davri belgilanib, mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan bu davr ichida organik mahsulotlar to‘g‘risidagi qonunchilik hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarining bajarilishi taʼminlanadi.
Standartlar va sertifikatlangan mahsulotlar turlari
Respublikasmizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida 2020-yildan bugungi kungacha jami 34 ta “Organic” sertifikati olingan. Bu yetishtirilayotgan mahsulotlar turlari quyidagicha:
paxta, loviya, bug‘doy, pomidor, qayta ishlangan paxta (tekstil mahsulotlari), turli xil sellyuloza qog‘ozlari, dorivor o‘simliklar, kovul, quritilgan uzum, quritilgan gilos, uzum, bodom yog‘i, bodom, o‘rik, o‘rik yog‘i, qora mayiz, quritilgan mayda kesilgan o‘rik, quritilgan butun o‘rik, “Sulton” mayizlari, “Tompson” mayizlari, uzum, oddiy mayiz va boshqa mahsulotlar.
Respublikasmizda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan sifat menejmenti talablari asosida 2020-yildan bugungi kungacha jami 239 ta “Global G.A.P.” sertifikati olingan. Ularda yetishtirilayotgan mahsulotlar turlari quyidagicha:
uzum, sarimsoqpiyoz, olma, gilos, pomidor, mosh, kapers, qalampir, ukrop, qovun, tarvuz, limon, muzlatilgan meva-sabzavot mahsulotlari, nektarin, nok, shaftoli, olxo‘ri, anor, bodring, piyoz, bulg‘or qalampiri, baqlajon, brokkoli karami, gulkaram, salat bargi, o‘rik, malina va boshqalar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: