Sabzi ekilgan maydonlari kengaymoqda
Respublika bo‘yicha barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 2022-yilda jami 152,1 ming gektarga (2021-yilga nisbatan 35,0 ming gektar ko‘p) maydonda sabzi ekish rejalashtirilgan.
Shundan, 79,4 ming gektarga fermer va qishloq xo‘jaligi korxonlari tomonidan (23,1 ming gektarga asosiy, 11,4 ming gektarga bog‘-tok qator orasi, 44,9 ming gektarga takroriy), sabzi ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.
Maʼlumot uchun, bahorgi muddatlarda fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy maydonlariga 18,8 ming gektarga va bog‘-tok qator orasiga 6,3 ming gektarga sabzi ekildi.
Ushbu maydonlardan jami 2 211 ming tonna sabzi yetishtirish prognoz ko‘rsatkichlari belgilab olingan.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi reestriga 29 ta sabzi navlari kiritilgan.
Sabzi eksporti
2021-yilda 10 mln dollarlik 62,3 ming tonna sabzi eksport qilingan bo‘lsa, 2022-yilda 70 ming tonnani tashkil etishi kutilmoqda. Uning 12 ming tonnasini quritilgan va 300 tonnasi qayta ishlangan sabzilar bo‘lishi ko‘zda tutilgan.
Sabzi A vitaminiga boyligi tufayli, insondagi ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, undagi C vitamini infeksiya va viruslarga qarshi samarali vosita. Ushbu mahsulot odamning insultga chalinish xavfini kamaytirib, saratonga qarshi kurashuvchi tabiiy himoyachidir.
Sabzi turlarini bilasizmi?
Sabzi barcha sevib isteʼmol qiluvchi, salomatlik uchun o‘ta foydali sabzavot hisoblanadi. Uning mahalliy ertapishar Mshak-95, o‘rtapishar Mirzoi sariq-304, Mirzoi qizil-228, Ziynatli va chet mamlakatlarni Nantskaya-4, Shantane-2461, Kaskade, Karson, Kanada navlari mavjud.
Yodda tuting!
Uni bahorgi, yozgi va kechki muddatlarda ekish tavsiya etiladi. Uning qaysi muddatda, qay tarzda ekilishi ekilayotgan hududiga bog‘liq. Sabzi hosilining yig‘ib olinishi kalendar asosida amalga oshiriladi. Bahorda ekilgan sabzi may oyining oxiri va iyunning birinchi o‘n kunligida yig‘ishtirib olinadi. O‘rta muddatda yetishtirilgan sabzini esa, avgustning oxiri, sentyabrning dastlabki o‘n kunligida, kechki muddatda ekilgan sabzi hosilini 5-20-noyabrdan kechiktirmasdan yig‘ishtirib olgan maʼqul. Aks holda, sabzining taʼmi yomonlashib, hosilni yo‘qotishga olib keladi.
Eksportbop ekin— brokkoli
Brokkoli karamining rangi to‘q yashil siyohrang, ko‘k va ayrimlari oq ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Hozirda brokkolining respublika hududida Agassi F1, Ayronmen F1, Atlantis F1, Geraklion F1, Kvinta F1, Naksos F1, Maraton F1, Tiburon F1, Fiyesta F1 navlari yetishtirilmoqda.
Aholini ushbu sabzavot ekinlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida 2022-yil hosili uchun barcha toifa xo‘jaliklarida 1,3 ming gektar maydonga, shundan, 640 ga fermer, qishloq xo‘jaligi korxonalarida va 688 ga aholi tomorqa maydonlariga brokkoli ekinini ekish rejalashtirilgan. Ushbu maydonlardan barcha toifa xo‘jaliklarida joriy yilda 17,3 ming tonna, shundan, 7,2 ming tonna mahsulot fermer va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan yetishtirishi belgilangan.
Brokkoli ertapishar, sovuqqa chidamli, tuproq unumdorligiga talabi yuqori bo‘lmagan, oson yetishtiriluvchi mahsulotdir. Respublikada brokkolini fevral oyining boshlarida ekilgan bo‘lsa, may oyining dastlabki o‘n kunligida uning hosilini yig‘ishni boshlandi.
Brokkolining foydasi
Ushbu mahsulot salomatlik uchun koni foyda. U insonda infarkt va insult xavfini kamaytiradi. Shuningdek, qon tomirlarni mustahkamlab, qondagi xolestirinni, qand miqdorini me‘yoriga keltiradi. Uni isteʼmol qilganda o‘t suyuqligi ajralib, jigar faoliyati yaxshilanadi, qabziyatni oldi olinadi. Eng muhimi, u odamdagi asab tizimini mustahkamlab, barcha kasalliklarga qarshi samarali kurashadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: