Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov Turkiyaning yirik kompaniyasi hisoblangan «Arbel Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Unda O‘zbekistonda dukkakli don ekinlarini yetishtirish va eksportga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda dukkakli o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha barcha shart-sharoitlar mavjudligi, ayniqsa, yurtimiz ob-havosi juda ekin ekish uchun mos ekanligi e’tirof etildi.
Kuzatuvlar natijasiga ko‘ra, Navoiy viloyati har tomonlama dukkakli ekinlarni ekish uchun maqbul joy ekanligi qayd etildi.
Aytish kerak, ushbu loyiha qisqa muddatga mo‘ljallanmagan bo‘lib, yuqori marralarni ko‘zlayotgani, bu orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida O‘zbekistonni eng yirik dukkakli mahsulotlar eksportchisi sifatida dunyo miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi maqsad qilingan.
O‘z navbatida, vazir o‘rinbosari A.Shukurov bunday istiqbolli loyiha borasida hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qilib, tashkiliy masalalarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi yordamini ayamasligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Turkiya kompaniyasi vakillari mazkur loyiha bo‘yicha o‘z takliflarini ishlab chiqib, taqdim etishini ma’lum qildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: