Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Texnik Kannabis

AGRO.UZ > Texnik Kannabis
AGRO.UZ > Texnik Kannabis

Texnik kannabis eng tez o‘suvchi ekinlardan biri bo‘lib, paxta bilan solishtirganda, 1 gektardan 4 barobar ko‘p sellyuloz olinadi, o‘simlikka qishloq xo‘jaligi kimyoviy preparatlari nisbatan kamroq ishlatiladi hamda suvni ancha kam talab qiladi, atrof-muhitni ifloslanishlardan tozalash imkonini beradi.

Aylanmadan chiqib qolgan yerlarni tiklash uchun tuproqdan kadmiy va boshqa zaharli moddalarni chiqarib olishda foydali bo‘lib, 110 kun ichida o‘simlik 2-3 metrga yetadi va bu bir mavsumda bir nechta hosil olish imkonini beradi, jahonda 40 dan ortiq davlatlarda texnik kannabisdan sanoat maqsadlarida foydalanib kelinmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston va xorijiy kompaniya o‘rtasida imzolangan Investitsiyalar to‘g‘risida bitimga muvofiq, Sirdaryo viloyatida tarkibida sellyuloza mavjud bo‘lgan texnik kannabis, zig‘ir va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish, xomashyoni qayta ishlash orqali raqobatbardosh, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi loyiha amalga oshirilmoqda.

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish uchun ruxsat etilgan kannabis o‘simligining navlari quyidagilardir.

Texnik kannabis navlari

Don, tola olish maqsadlarida yetishtiriladi.

Tarkibida 0,06 foizgacha TGK mavjud.  Yevropaning sanoat maqsadlarida yetishtiriladigan navlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Nav ertapishar hisoblanib (125 kun), bo‘yi 200-250 sm gacha bo‘ladi.

Moy miqdori 28-30 foiz.

Biomamma hosildorligi 8 t/ga gacha. Don chiqimi 0,8-1,0 t/ga

Poyadagi tola miqdori 35 foizdan ko‘p. 1000 ta don vazni 16-18 gram

Poyadagi tola chiqimi 30-35 foiz.

Qayerda yaratilgan: 1987-yil Ukraina.

Don, tola va kannabidiol (KBD) olish maqsadlarida yetishtiriladi.

Fransiyaning seleksion navlari. Shimoliy va Markaziy Yevropa mamlakatlari uchun moslashgan.

Tarkibida 0,12 foizgacha TGK mavjud bo‘lib, kamdan kam hollarda 0,2 foizdan oshadi. Yevropaning sanoat maqsadlarida yetishtiriladigan navlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Nav o‘rtapishar hisoblanib (135 kun), bo‘yi 250-350 sm gacha bo‘ladi.

Moy chiqimi 30-32 foiz.

Biomamma hosildoriligi 8-10 t/ga.

Don chiqimi 0,8-1,0 t/ga

Poyadagi tola chiqimi 30-35 foiz.

1000 ta don vazni 16-18 gr.

Don, tola va kannabidiol (KBD) olish maqsadlarida yetishtiriladi.

Tarkibida 0,06 foizgacha TGK mavjud bo‘lib, kamdan kam hollarda 0,2 foizdan oshadi.  Yevropaning sanoat maqsadlarida yetishtiriladigan navlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Moy miqdori 30-32 foiz.

Nav ertapishar hisoblanib (125 kun), bo‘yi 200-250 sm gacha bo‘ladi.

Biomamma hosildoriligi 8-10 t/ga.

Don chiqimi 1,0-1,2 t/ga

Poyadagi tola miqdori 30-35 foiz.

1000 ta don vazni 16-18 gr.

Qayerda yaratilgan: Fransiya. Shimoliy va Markaziy Yevropa mamlakatlari uchun moslashgan.

Don va tola olish maqsadlarida yetishtiriladi. Tarkibida 0,12 foizgacha TGK mavjud bo‘lib, kamdan kam hollarda 0,2 foizdan oshadi. Yevropaning sanoat maqsadlarida yetishtiriladigan navlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Moy miqdori 30-32 foiz.

Nav ertapishar hisoblanib (125 kun), bo‘yi 200-250 sm gacha bo‘ladi.

Biomamma hosildoriligi 6-8 t/ga.

Don chiqimi 0,8-1,0 t/ga

Poyadagi tola miqdori 30-35 foiz.

1000 ta don vazni 16-18 gr.

Qayerda yaratilgan: Fransiya.

Shimoliy, Markaziy, janubiy Yevropa mamlakatlari uchun moslashgan.

Don va tola olish maqsadlarida ekiladi. Tarkibida 0,02 foizgacha TGK mavjud.

Yevropaning sanoat maqsadlarida yetishtiriladigan navlari ro‘yxatiga kiritilgan.

Nav o‘rtapishar hisoblanib (135 kun), bo‘yi 200-250 sm gacha bo‘ladi.

Moy miqdori 26 foizgacha.

Biomamma hosildorligi 8-10 t/ga.

Don chiqimi 0,8-1,0 t/ga.

1000 ta don vazni 16-18 gr.

Qayerda yaratilgan: Fransiya. Shimoliy va Markaziy Yevropa mamlakatlari uchun moslashgan.

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: