Tamaki Nikotiana avlodi, ituzumdoshlilar oilasiga mansub. Uning ikkita turi ekiladi: tamaki va maxorka. Tamaki ekinining tarkibida eng zaharli alkoloidlardan biri-nikotin mavjud. Xromat kislota bilan nikotin qo‘shilganda, nikotin kislotasi paydo bo‘ladi. Nikotin kislotasi farmokologiyada qo‘llaniladi.
Tamakining vatani Janubiy Amerika. Yevropaga taxminan 1518- yilda keltirilgan. Dastlab u Portugaliya va Ispaniyada manzarali o‘simlik sifatida o‘stirilgan. Yevropaning boshqa davlatlariga 1560-yil tarqalgan. Tamaki Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Moldovada ekiladi.
O‘zbekistonda Samarqand viloyatida tamakining 4 ta navi o‘stiriladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: