#Agrotavsiya
Traktorni iloji boricha yopiq bino ichida saqlash va uning holatini ikki oyda bir marta tekshirib turish zarur. Saqlovga olib kelingan traktorni bosimli suv ostida loy va iflosliklardan yaxshilab yuvib tozalash kerak.
Traktor yopiq binoda yoki bostirma ostida uzoq saqlanganda suyuqlik idishlari yechib olinadi, karterlar va radiatordan motor va gidravlika moylari, sovutish suyuqligi to‘kib olingandan so’ng o‘rniga konservatsiya moyi qo‘yiladi. Dvigatel yo‘riqnomaga muvofiq konservatsiya qilinadi. Traktordan yechib olingan qismlar o‘rnidagi teshiklar texnologik tiqinlar bilan berkitiladi va akkumulyator va uzatma tasmalari yechib olinib, omborga topshiriladi.
Traktorni ochiq maydonda saqlashga to‘g‘ri kelsa, uning ustiga brezent yoki polietilen plyonka yoping, shinalar sirtiga saqlovchi qorishmalarni surkab qo‘ying, gidravlik shlanglarni parafinlangan qog‘oz bilan o‘rashga ruxsat etiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: