2023-yil hosilidan Samarqand viloyatida jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom-ashyosini qayta ishlash natijasida 4 ming 954 tonna urug‘lik chigitni tozalash hamda 3 ming 863 tonnasini tuksizlantirish va dorilash ishlari yakunlangan.
Viloyatda ekilishi belgilangan urug‘lik chigitlar tuksizlantirilgan holda tayyorlanishi hamda nav tozaligi super elita va elita avlodli urug‘lik chigitda 100%, birinchi avlodda 99%, ikkinchi avlodda 98%, uchinchi avlodda esa 96% dan kam bo‘lmasligi, shuningdek, unuvchanlik, ifloslik, namlik, mexanik shikastlanganlik va qoldiq tola kabi sifat ko‘rsatkichlari davlat standarti me’yorlariga mos bo‘lishi talab etiladi.
Qabul qilingan urug‘lik paxta xomashyosi g‘aramlarda kamida ikki oy tinim davrida sifatli saqlanib, paxta xom-ashyosidagi chigitlar to‘liq fiziologik yetilganidan so‘ng, qayta ishlashga berish va ishlab chiqarishdan olingan urug‘lik chigitni urug‘lik tayyorlashga ixtisoslashgan korxonalarga tashish, dorilash, saqlash va fermer xo‘jaliklarga yetkazib berilishini tashkil etish bosqichma-bosqich amalga oshish davom etmoqda.
Shu boisdan urug‘lik chigit tayyorlash uchun mavjud paxta klasterlariga tegishli paxta tozalash korxonalarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DM, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy bo‘limlari bilan birgalikda urug‘lik paxtani tozalash hamda mavjud ikkita urug‘lik chigit dorilash sexlarining ishlashi kunlik monitoring qilib borilmoqda.
Hozirgi kunda viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasterlari va urug‘lik tayyorlash sexlarida jami 4 ming 954 tonna urug‘lik paxta tozalanib, saralanib, 3 ming 733 tonnasi tuksizlantirilib, dorilash ishlari amalga oshirilib, bugungi kunda ushbu urug‘lik chigitlarga muvofiqlik sertifikat olish uchun namunalar yuborilib, bu o‘z navbatida “O‘zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘lim mutaxassislari tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlari natijasida viloyatda sifatli urug‘lik chigit tayyorlanishiga erishilmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: