Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga bo’lib o’tgan tashrifi aniq maqsad va vazifalarga boy bo‘ldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, korxona va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, innovatsion loyihalarni jalb qilish yuzasidan manzilli takliflar berdi.
Chunonchi, “Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi” faoliyati bilan ham tanishuv davomida ayni masalalarga e’tibor qaratildi.
Aytish kerak, yillar davomida Qoraqalpoq zamini iqlimi va tabiatiga xos va mos ekin navlarini yaratishda mazkur muassasaning o‘rni beqiyos. Tajriba maydonida 24 turdagi mahalliy nav sinov jarayonida. Qo‘shimcha 30 dan ortiq nav boshqa hududlardan olib kelib o‘rganilmoqda.
Maqsad – zamin imkoniyatlariga mos keluvchi ekin turini aniqlash. O‘sib, unsin. Mo‘l hosil bersin. Baraka urug‘ini qadagan dehqon manfaat ko‘rsin. Shuning uchun bu yerda sholining ham, dukkakli o‘simliklarning ham laborator va maydon sinovlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Kezi kelganda aytish kerak, bugun Qoraqalpog‘istonda amalda ekilayotgan bug‘doy urug‘ining aksar qismi mana shu yerda yetishtirilgan. Dala maydonlarida turli yangiliklar joriy qilingan: yomg‘irlatib, tomchilatib sug‘orish.
Germaniya, Janubiy koreyalik olimlar bilan amaliy muloqot natijasida yangi ixtirolar dunyo yuzini ko‘rmoqda. Demak, bu yerlik olimlar ekin urug‘larini mahalliy iqlim sharoitiga moslash uchun izlanishdan bir on bo‘lsa-da, to‘xtagani yo‘q.
Vazir o‘z navbatida, dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda birlashma ham har tomonlama maqbullik nuqtayi nazaridan yondashishi lozimligini qayd etdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: