Ijtimoiy tarmoqlarda “Qishloq xo‘jaligi vazirligi fermerlarni subsidiya olish huquqidan (vaqtincha) mahrum qilib qo‘ygan!” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat yuzasidan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-sonli qaroriga muvofiq fermer va dehqon xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar ajratish belgilangan.
Shunga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali 45 turdagi subsidiyalar ajratib kelinmoqda.
Aytish kerak, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 364-son qarorida ham “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali subsidiya ajratilishi ham belgilab berilgan.
Biroq, mazkur subsidiyani ajratish mexanizmi va tartibini takomillashtirish bo‘yicha bir muncha ehtiyoj mavjud.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qo‘yi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qaroriga muvofiq, 2023-yilda paxta va g‘allani sug‘orishga ketgan elektr xarajatlari uchun subsidiya olmagan fermer xo‘jaliklariga 2024-yil hisobidan 100 foizlik (bunga qadar 2 yilda 50 foiz ajratilgan) subsidiya mablag‘lari ajratilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 15-yanvaridan boshlab “Agrosubsidiya” axborot tizimida takomillashtirilgan mexanizm asosida fermer xo‘jaliklarining nasos agregatlari va sug‘orish quduqlari iste’mol qiladigan elektr energiyasi qiymatini qoplab berish tartibi joriy etilishini belgilangan.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: