Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy tajriba stansiyasi

AGRO.UZ > Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy tajriba stansiyasi
AGRO.UZ > Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy tajriba stansiyasi
Muassasa haqida

Makkajo‘xori seleksiya va urug‘chiligi ilmiy-tajriba stansiyasi 2007-yilda “Erkin” ilmiy-ishlab chiqarish firmasining seleksiya va urug‘chiligi bo‘limi qoshida tashkil etildi. Stansiya uchun 35 gektar sug‘oriladigan maydon, makkajo‘xorini qayta ishlovchi sex, laboratoriya binolari va ko‘p bo‘lmagan texnika ajratildi. 2014-yili stansiya Sug‘oriladigan yerlarda don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti tarkibiga kirdi.

Natijalar (raqam va dalillarda)

2007-2020-yillar mobaynida stansiya olimlari tomonidan makkajo‘xorining “O‘zbekiston 400 DR”, “O‘zbekiston 300 MV”, “Kelajak 100”, “Esdalik 80” nav va duragaylari, jo‘xorining “Daulet”, “Qorabosh”, “Azamat”, “Massino”, “Ozodlik”, afrika qo‘nog‘ining “Xashaki 1”, tritikalening “To‘yimli”, “Armug‘on 60” navlari yaratilgan, hozirgi kunda bu yaratilgan nav va duragaylar respublikada 2,5-3,0 ming gektar maydonida joriy etilmoqda.

Stansiya ilmiy xodimlari tomonidan makkajo‘xori, jo‘xori, afrika qo‘nog‘i, xashaki lavlagi, raygras, tritikale, suli, raps, vika ekinlari bo‘yicha yuqori don va yashil massa hosildorligiga ega, tezpishar, o‘rtapishar nav va duragaylarini yaratish, ularni boshlang‘ich urug‘chilik ishlarini olib borish, yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish, ilmiy asoslangan holda almashlab ekish tizimini ishlab chiqish, olingan mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  1. Krasnodar qishloq xo‘jaligi ITI, ROSSIYa o‘simlikshunoslik ITI xamda uning Kuban va O‘zbekiston (hozirgi vaqtda O‘GRITI) filiallari bilan mustahkam hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bu ilmiy muassasalar bilan qo‘rg‘oqchilikka va yuqori lizinli duragaylarni yaratish bo‘yicha yo‘nalishlarda ishlanadi.
  2. Ukraina makkajo‘xori ITI bilan hamkorlik yozgi muddatda ang‘izli ekin sifatida ekib foydalanish uchun tezpishar duragaylarni yaratishga yordam berdi.
  3. AQSH, Vengriya, Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Koreya davlatlarining zamonaviy chet el seleksiyasidagi yuzlab tumanlashtirilgan duragaylarini o‘rganish uchun, stansiya seleksionerlari shu duragaylar bilan bir paytda nazorat tajribasida andoza sifatida mahalliy tumanlashtirilgan nav va duragaylarda seleksiya ishlarini olib bordilar.
  4. Rossiya o‘simlikshunoslik ITI, xalqaro IKARDA, IKBA, IKRISAT tashkilotlarining boy kolleksiyasidan boshlang‘ich manba sifatida seleksiya ishlariga namunalar jalb etildi va o‘rganildi. IKBA va IKARDA tashkilotlari xodimlari bilan birga, Respublikaning har xil hududlarida yem-xashak ekinlari urug‘chiligini olib borish bo‘yicha hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yilgan.
  5. Koreys-O‘zbek loyihasi doirasida tritikale ekini urug‘chiligi va uni joriy etish bo‘yicha O‘zbekistondagi KOPIA markazi xodimlari bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.
  6. Qozog‘iston sholi ITI xodimlari bilan hamkorlikda, Qozog‘iston Respublikasi Davlatnavsinashda yangi qand jo‘xori navi o‘rganildi, Davlat reyestriga kiritilib, patent olindi.

Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maslahat beriladi:

  • ozuqa ekinlari (makkajo‘xori, jo‘xori, xashaki lavlagi, tritikale, raygras, xashaki no‘xot, arpa, suli) urug‘chiligi va yetishtirish;
  • udarnik urug‘ini tayyorlash;
  • saqlash;
  • chiqindilarni qayta ishlash;
  • chorva hayvonlari ratsionida qancha ozuqa ekinlari miqdori tashkil etish.

Xizmat ko‘rsatish narxi: kelishilgan.

Direktor: Azizov Qobuljan Kaxramanovich
Ish jadvali: dushanba-juma, 8:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
 Toshkent viloyati. Zangiota tumani, Erkin MFY, Qahramon kuchasi, 13-uy.
Telefon: (+998 91) 192 98 70
Eletron pochta: azizov.kobil@yandex.ru

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: