O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-dekabrdagi PQ-58-sonli qaroriga muvofiq Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etilgan.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari:
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasini institutsional tahlil qilish va islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq qilish;
sohadagi islohotlarning taʼsirchanligini va ilmiy tadqiqotlarning amaliy natijalari samaradorligini baholash;
sohani rivojlantirish bo‘yicha qisqa, o‘rta va uzoq muddatli rejalar hamda strategiyalar ishlab chiqish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi taʼminoti sohasidagi, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni (kredit va grant), shu jumladan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va shakllantirishga ko‘maklashish;
sohadagi axborot va statistik maʼlumotlarni tizimlashtirish hamda ulardan foydalanishning samarali tizimini yaratish;
oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda — XMI va XHMT) kredit va grantlarini jalb qilish;
loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kreditlar va grantlar olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tijorat banklariga taqdim etishda tadbirkorlik subyektlariga konsalting xizmatlari va amaliy yordam ko‘rsatish;
sohadagi barcha grant, texnik ko‘mak va kredit loyihalarini va dasturlarni boshqarish, muvofiqlashtirish va samaradorligini monitoring qilish hamda ularning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish strategiyasi bilan uyg‘unligini taʼminlash.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: