Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ishonch telefoni: 1243
Devonxona: 71 206-70-30

Hujjatlar

AGRO.UZ > Hujjatlar
AGRO.UZ > Hujjatlar

Davlat organining huquqiy maqomini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi Nizom” O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.

Batafsil:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5708-son farmoni bilan ham Qishloq xo‘jaligi vazirligi asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berilgan.  

Batafsil:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5006-son qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirishda:

– Qishloq xo‘jaligi yerlari va ekinlarini monitoring qilish;
– qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
– qishloq xo‘jaligi yerlarining muhofaza qilinishini taʼminlash;
– qishloq xo‘jaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;
– tuproq bonitirovkasini o‘tkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarini tashkil etadi.

Batafsil:

O‘z kuchini yo‘qotgan hamda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31- maydagi «Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5065-son Farmoni https://lex.uz/docs/3223420
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 3- avgustdagi «Jahon banki ishtirokida «Ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2571-son qarorining 7-bandi
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31- maydagi «O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3024-son qarorining 1-3-bandlari hamda 1-5-ilovalar https://lex.uz/docs/3225838
  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 10- fevraldagi «O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-2125-son qarori. https://lex.uz/docs/2463629
  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi «O‘zbekiston Respublikasida bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4246-son qarori 12-bandi https://lex.uz/docs/4249824

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 24- oktyabrdagi «O‘simliklarni himoya qilish va qishloq xo‘jaligiga agrokimyoviy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2640-son qarori ttps://lex.uz/docs/3061039

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26- sentyabrdagi «Oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi PQ-3290-son qarori https://lex.uz/docs/3357535

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi «Agrar taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4795-son qarori ttps://lex.uz/docs/4923427

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-avgustdagi «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4803-son qarori https://lex.uz/docs/4945416

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi «Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5708-son Farmonining 1-bandi https://lex.uz/docs/4291908

Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering

Imlo xatolari haqida hisobot

Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: