O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Oltiariq tumanida ham o‘z aksini topmoqda. Tumanda uzumchilikni rivojlantirish va aholi xonadonlarida uzum yetishtirishni tashkil etish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar o‘z samarasini bermoqda.
Oltiariqda bo‘lib o‘tgan “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari bu boradagi ishlar bilan tanishish uchun “Ko‘lbo‘yi”, “Uzumchi”, “Chinor tagi” va “Mirfozil” mahallalariga bordilar. Bu yerda ular aholi xonadonlarida uzum yetishtirish tajribasini o‘rganish hamda boshqa viloyatlarda ham ushbu tajribalarni ommalashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Xususan, ishtirokchilar seminar doirasida Oltiariq tumanidagi Husanboy G‘ofurov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu yerda uy sharoitida uzum yetishtirish bo‘yicha katta tajriba bilan tanishishdi. Qayd etilishicha, xonadonda parvarishlanayotgan uzumlar meva hosili bahor faslining aprel oyigacha tokning o‘zida tabiiy holda saqlanadi. Seminar ishtirokchilari mazkur tanishuv jarayonida yangicha uslublarni o‘z xo‘jaliklarida qo‘llash borasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
Aytish kerakki, aholi xonadonlarida uzum yetishtirishni tashkil etish bir tomondan uzumchilikning ommalashuviga, mamlakatda uzum yetishtirish va eksport qilish hajmini oshirishga xizmat qilsa, boshqa tomondan aholining turmush darajasini yuksaltirishga yordam beradi. Bu esa, ayniqsa aholining ehtiyojmand qatlamini muntazam ish bilan ta’minlash, oilaviy daromadini oshirish, “Yoshlar”, “Ayollar”, “Temir” daftarlardan chiqarishi bilan ahamiyatlidir.
Umuman olganda, mamlakatimizda uzumchilik bo‘yicha jahon bozorlarida kechayotgan jarayonlar, yurtimizda vujudga kelayotgan yangi tajribalar inobatga olingan holda, sohani yanada rivojlantirishning amaliy va moliyaviy dastaklari aniq belgilab berilgan. Oltiariq tajribasini qo‘llash bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar butun respublika uzumchiligida yangi sahifani ochadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: