Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘ldi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini ko‘zdan kechirish, yangi tashabbuslar bilan tanishish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha qilinayotgan amaliy ishlarga ko‘maklashishdan iborat.
Dastlab Aziz Voitov Farg‘ona shahridagi 101 gektarda tashkil etilgan atirgulchilik kooperatsiyasi bilan tanishdi.
Loyiha qiymati 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan kooperatsiyaga 150 nafar dehqon doimiy asosda biriktirilgan bo‘lsa, 500 nafar ishchi mavsumiy faoliyat yuritadi. Hududda 85 ta oila tomonidan atirgulning 400 xildan ortiq navi ekilib parvarishlanmoqda. Albatta, daromad ham shunga yarasha. Yil davomida 30 million dona atirgul ko‘chatlari ekilib, eksport va mahalliy bozorga yo‘naltiriladi. Umumiy kooperatsiyaning 2 yillik daromadi 30 million dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.
Yer bilan tillasha olgan, dehqonchilikning sir-asroridan xabardor Farg‘ona ahlining shijoati baland, daromad olishga bo‘lgan intilishi esa sezilib turibdi.
Aziz Voitov kooperatsiyaga a’zo oilalar bilan muloqot qilar ekan, ularning kelgusidagi rejalari, tashabbuslari bilan qiziqdi. Suhbat davomida atirgul ko‘chatlarini yetishtirishdan tortib uni eksport qilishgacha bo‘lgan jarayonda Qishloq xo‘jaligi vazirligi har qanday amaliy yordamga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Министр сельского хозяйства Азиз Воитов посетил с рабочим визитом Ферганскую область. Основными целями визита были знакомство с процессом реализации реформ в агросфере региона и новыми инициативами, а также оказание содействия в практической работе по увеличению доходов населения.
Первым местом Визита Азиза Воитова стал кооператив по выращиванию роз на плантации в 101 гектар в городе Фергане. Проект стоимостью 1,2 миллиарда сумов позволил трудоустроить на постоянной основе 150 дехкан, ещё 500 человек работают сезонно. 85 семей здесь выращивают и бережно ухаживают за 400 сортов роз. В течение года высаживается 30 миллионов саженцев роз, которые затем направляются на экспорт и внутренний рынок. Предусматривается,
что за 2 года доход от кооперации составит 30 миллионов долларов США.
Ферганцы, умеющие работать на земле и знающие секреты земледелия, отличаются большим энтузиазмом и стремлением к увеличению доходов.
Азиз Воитов во время диалога с семьями поинтересовался дальнейшими планами и инициативами. В ходе беседы было отмечено, что Минсельхоз готов оказать любую практическую помощь – от выращивания саженцев и до экспорта роз.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: