Qishloq xo‘jaligi vazirligida “Ozbekbaliqsanoat” uyushmasi rahbariyati hamda Xitoy Xalq Respublikasining “Shandong Youfa Group” kompaniyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xususan, O‘zbekistonda krevetkani sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish masalasiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, xitoylik ekspertlarga O‘zbekistonda krevetka yetishtirish uchun mavjud shart-sharoitlar, tabiiy va sun’iy suv havzalari, suv hajmi va sho‘rlik darajasi kabi zaruriy ma’lumotlar taqdim etildi.
O‘z navbatida ekspertlar tomonidan bugungi kunda Xitoy Xalq Respublikasida krevetka yetishtirishning texnologiyasi, usullari, hajmlari va boshqa ahamiyatli jihatlari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Aytish joiz, bugun jahonda eng serdaromad tarmoqlardan biri bo‘lgan baliqchilik sanoati insoniyat tamaddunining ilk bosqichlaridayoq rivojlana boshlagan. O‘tgan davr mobaynida baliq mahsulotlari aksariyat xalqlar dasturxonidan nafaqat kundalik yegulik, balki salomatlik uchun eng zarur mahsulot sifatida mustahkam o‘rin egalladi.
Muzokaralar chog‘ida Xitoy kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda krevetka yetishtirishning 4 xil usulini qo‘llamoqchi ekanliklarini aytib o‘tishdi. Ushbu 4 xil uslubda krevetka boqishning negizida suvni sun’iy tarzda sho‘rlatish yotadi. “Shandong Youfa Group” kompaniyasi direktorining aytishicha sun’iy tarzda sho‘rlatilgan suvda krevetka boqilgandan so‘ng, artemiya balig‘ini ham boqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston sanoatchiligida “Yashil energiya”ga katta e’tibor qaratilishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: