Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini yangilangan mexanizm asosida ijaraga olish bo‘yicha ochiq elektron tanlovlarni o‘tkazish boshlanmoqda.
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2023-yil 3-aprelda 137-son qarori qabul qilingandi.
Bunda, qishloq xo‘jaligi maqsadlari, jumladan yuridik shaxslarga fermer xo‘jaliklarini tashkil etish maqsadida ochiq elektron savdolarni o‘tkazish mezonlari takomillashtirildi, xususan, tegishli tuman (shahar)dagi aholiga yanada ko‘proq imkoniyat berish, tanlov mezonlari ichida ball to‘plashning mutanosibligini taʼminlash, yerning normativ qiymati bo‘yicha aniq belgilangan majburiyatlardan birini tanlash yoki qo‘shimcha majburiyat olmasdan tanlovda ishtirok etish bo‘yicha qator yechimlar joriy etildi.
Shuningdek, yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha tanlovlarda jismoniy shaxs sifatida ishtirok etib, g‘olib bo‘lishida o‘zining yagona taʼsischiligida taʼsis etilgan fermer xo‘jaligi yoki boshqa yuridik shaxs to‘g‘risidagi axborotni “E-AUKSION” elektron savdo platformasida shaxsiy kabineti orqali kiritish imkoniyati saqlanib qolingan.
2023-yil 15-may holatiga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligining “E-IJARA” axborot tizimida ijrochi “O‘zdavyerloyiha” DILI tomonidan ishlab chiqilgan umumiy maydoni 30,814 ming gektar bo‘lgan 886 ta lotlar “E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlovlarga chiqarilmoqda:
Izoh: “E-IJARA” axborot tizimida ishlab chiqilgan lotlar to‘g‘risidagi dolzarb maʼlumotlar https://t.me/eijarahisobot kanalida avtomatik tarzda chop etiladi.
Eslatma: tanlovda g‘olib bo‘lganlar ariza berish jarayonida qo‘shimcha to‘lov majburiyatini tanlagan bo‘lsa, shartnomani imzolagunga qadar majburiyatning 5% miqdorida, qolgan mablag‘ni ijara muddatiga teng taqsimlagan holda to‘lovlarni har yili aprel va oktyabr oylarida amalga oshirishi talab etiladi.
Т/r | Hududlar nomi | Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun | |
Lot soni | Maydoni, ga | ||
1 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 191 | 7856.85 |
2 | Andijon viloyati | 15 | 1219.72 |
3 | Buxoro viloyati | 22 | 1058.95 |
4 | Jizzax viloyati | 38 | 1174.07 |
5 | Qashqadaryo viloyati | 165 | 2675.5 |
6 | Navoiy viloyati | 43 | 1772.3 |
7 | Samarqand viloyati | 54 | 1223.85 |
8 | Surxondaryo viloyati | 127 | 7050.72 |
9 | Sirdaryo viloyati | 111 | 1651.63 |
10 | Toshkent viloyati | 19 | 709.31 |
11 | Farg‘ona viloyati | 40 | 1477.64 |
12 | Xorazm viloyati | 61 | 2944.35 |
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: