Ijtimoiy tarmoqlarda, “Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi paxta tayyorlash punktlarining birida xirmonga uyilgan paxtalar yonib ketdi” sarlavhasi ostida xabarlar taqaldi.
Holat yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi:
O‘rganish natijasida e’lon qilingan xabar o‘z tasdig‘ini topdi.
Aniqlanishicha, mazkur holat, 16 oktyabr kuni, Baliqchi tumani “Nasriddinobod” MFYda joylashgan “Tetratex” MCHJga qarashli paxta qabul qilish maskanida 12 kg paxta xom-ashyosi yonib ketgan.
Yong‘in elektr kabellaridagi nosozlik tufayli qisqa tutashuv kelib chiqishi natijasida yuzaga kelgan.
Yong‘in natijasida Andijon-36 navli 1 sort 2 sinfga kiruvchi paxtaning yuza qismi yongan, “Tetratex” MCHJ rahbari tomonidan tadbirkorga mahsulotga yetkazilgan zarar aniqlanib, to‘liq qoplab berilgan.
Shu o‘rinda, Qishloq xo‘jaligi sohasiga befarq bo‘lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi fuqarolarning murojaatlari, shuningdek, sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyorligini ma’lum qiladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: