2023-yilning 2-3-may kunlari Toshkent davlat agrar universitetida FAOning alohida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning “yashil” usullarini rivojlantirish bo‘yicha “Bir mamlakat – bitta ustuvor mahsulot” (“One Country – One Priority Product” – OCOP) global harakatlar dasturi doirasida Yevropa va Markaziy Osiyoda mamlakatbay loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergandik.
Bugun 4-may kuni seminar qatnashchilari — BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Dehqonchilik va o‘simliklarni himoya qilish bo‘limi direktori janob Jingyuan Sya, bo‘limning texnik maslahatchisi Hafiz Muminjanov, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning mamlakatimiz vakillaridan iborat mehmonlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tashrif buyurib, vazirlikning boshqarma boshliqlari bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda dastlab, “Bir mamlakat – bitta ustuvor mahsulot” (“One Country – One Priority Product” – OCOP) global harakatlar dasturi doirasida bo‘lib o‘tgan seminarning ahamiyati, tafsilotlari muhokama qilindi. Shundan so‘ng janob Jingyuan Sya so‘zga chiqib, “OCOP” ko‘p tomonlama platforma ekanini va uning mamlakatlardagi fermerlarga qanchalik foydasi tegishi haqida batafsil tushuntirib berdi. Shuningdek, mintaqaviy seminarning O‘zbekistonda o‘tkazilganidan mamnun ekanini va bu borada o‘ziga xos taklif bilan tashrif buyurganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “OCOP” ning Markaziy Osiyoda mintaqaviy Ishchi guruhini tuzish lozimligini va bu guruhga aynan O‘zbekiston vakili raislik qilishini bildirdi. Bu nomzodlikka O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish departamenti boshlig‘i Zafar Ortiqov munosib ko‘rilayotganini ham alohida taʼkidladi. Shundan so‘ng uchrashuvda qatnashgan har bir ishtirokchi ushbu ishchi guruhning aʼzosi sifatida faoliyatini olib borishini va uning tarkibiga Fermerlar jamiyatidan ham vakilni qo‘shish lozimligi bo‘yicha kelishib olindi. Ushbu ishchi guruh loyihani to‘laqonli amalga oshirilishida ichki resurslarni topish va keng yoyilishida muhim rol o‘ynaydi.
Shundan so‘ng Ishchi guruh vakillari bu borada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar, texnik ko‘rsatmalar va ularni amalga oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: