O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida ham ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Germaniyaning “Deutsche Sparkassenstiftung für internationale Kooperation e.V.” fondi o‘rtasida Anglashuv memorandumi tuzildi. Memorandumda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari quyidagicha belgilab olindi:
Shuningdek, hujjatda “Risk radari” va “Yashil moliyaviy kompas” kabi moliya sohasidagi zamonaviy yondashuvlarni O‘zbekiston agrar sohasida joriy etish masalalari ham o‘z aksini topgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “JD East” dasturi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasi qishloq xo‘jaligi ta’limi, stajirovka va seminarlar tashkil etish masalalarini qamrab oladi.
Unga ko‘ra, “JD East” har yili o‘zbekistonlik talaba va bitiruvchilar, shuningdek yosh fermerlar uchun muddati 2 haftadan 12 oygacha bo‘lgan qishloq xo‘jaligi stajirovkalari va seminarlarini tashkil etadi. Bunda Germaniyada yashash va ta’lim olish uchun kerakli barcha rasmiyatchiliklar, hujjatlar tayyorlash ishlarini “JD East” o‘z zimmasiga oladi. Stajirovka/ta’lim yo‘nalishi talabalarning o‘quv rejasiga, yosh fermerlarning faoliyat yo‘nalishiga qarab belgilanadi.
O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga tashrifi doirasidagi uchrashuv va muzokaralar davom etmoqda.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: