Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasiga bag‘ishlangan materiallar turkumini davom ettiramiz. Avvalroq sizni chorvachilikdagi sug‘urtalash bilan tanishtirgan edik.
Bu galgi materialda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘urta himoyasi bo‘yicha tavsiyalarni taqdim etamiz.
Qishloq xo‘jaligida hayvonlarni sug‘urtalashning xususiyatlari odatda mintaqadagi umumiy fitosanitariya holati va veterinariya qonunchiligi talablari bilan bevosita bog‘liq.
Bir necha misollar keltiramiz. Chunonchi, Avstraliyada chorvachilik butun mamlakat bo‘ylab «tarqalgan», shuning uchun yuqumli kasalliklarning mavjudligi juda cheklangan darajada. Bundan tashqari, mamlakatda kirish veterinariya karantini qat’iy o‘rnatilgan. Hayvonlar orasida yuqumli kasalliklar past darajada ekanligi va tegishli sug‘urtaga qiziqish yo‘qligi shularning barchasi bilan izohlanadi.
G‘arbiy Yevropada esa, aksincha, chorva mollarining o‘ta zichligi va mamlakatlar o‘rtasida chorva mollari bilan juda faol almashinuv kuzatiladi. Bu fitosanitariya holatini sezilarli darajada og‘irlashtiradi va kasallikning o‘chog‘i aniqlangan joyda chorva mollarining zudlik bilan yo‘q qilinishiga olib keladi. Tegishlicha, Yevropada yuqumli kasalliklardan sug‘urtaga qiziqish yuqori.
Dunyoning ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarida hayvonlarni sug‘urtalash davlat tomonidan tartibga solinadi. Jumladan, AQSh, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, shuningdek, MDH davlatlaridan Ukraina va Belorusda chorva mollarini majburiy sug‘urta qilish tizimi joriy etilgan. Bunga sabab chorva mollarining tabiiy ofatlar va turli kasalliklardan zarar ko‘rish xavfi yuqori ekanligidir.
Mamlakatimizda qo‘shni Qozog‘istondan ham hayvonlar olib kelinishi kuzatilmoqda. Shuning uchun yuqumli kasalliklar ehtimoli mavjud.
“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati (jumladan hayvonlarni sug‘urtalash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi korxona)dan tavsiyalar.
Hozirgi kunda ko‘plab fermer va dehqonlarimiz turli sabablarga ko‘ra uy hayvonlari nobud bo‘lishi oqibatida katta zarar ko‘rmoqda.
Chorva mollarini sug‘urta qilish tizimini takomillashtirish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:
O‘z navbatida, sug‘urta mexanizmlari quyidagilarga yordam beradi:
Shu tariqa, agrosug‘urta fermer va dehqonlarning chorvachilik sohasidagi mulkiy manfaatlarini kafolatlangan himoya qilishga qaratilgan. Bu tartib fermer va dehqon xo‘jaliklarining iqtisodiy samaradorligi va moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qodir.
Materialni Irina Silkina “O‘zagrosug‘urta” AJ sug‘urta to‘lovlari departamenti direktori, iqtisod fanlari nomzodi Abdurashid Vahobov bilan birgalikda tayyorladi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: