Hozirgi kunda dunyoda to‘qimachilik mahsulotlari va paxta xomashyosiga bo‘lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Qolaversa, yurtimizda zamonaviy yengil sanoat korxonalari soni ko‘paymoqda. Ularni paxta xomashyosi bilan ta’minlash zarurati yuzaga kelishi, tabiiy hol.
Bu yilgi bahor faslining issiq kelishi paxtachilikka ixtisoslashgan klasterlar va fermer xo‘jaliklari uchun ayni muddao bo‘ldi. Mart oyining oxirgi kunlaridagi issiq ob-havodan unumli foydalangan holda respublikamizning barcha hududlarida chigit ekish mavsumi boshlab yuborilgan. Albatta, hosildorlikni ta’minlash qulay ob-havoda urug‘ni obi-tobida ekib, undirib olishdan boshlanadi. Ana shu nuqtai nazardan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi fermer xo‘jaliklarida ham jadallik bilan chigit ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Karmana tumanidagi umumiy yer maydoni 54 gektarni tashli etuvchi fermer xo‘jaligi faoliyati misolida chigit ekish jarayoni bilan tanishamiz.
Kamoliddin Raimov “Do‘rmon javohiri” fermer xo‘jaligi rahbari:
— Fermer xo‘jaligimizning umumiy yer maydoni 54 gektar. Shundan 21 gektarga dorilik chigit ekayapmiz. Kelajakdagi rejalarimiz ko‘p 40 sentnerga shartnoma tuzganmiz. Mana yer qizidi. Issiq kunlar oldinroq kelgani uchun mana 17 martdan boshladik. Xudo xohlasa, paxtamiz bir oy oldingi paxta bo‘ladi. 20 nafar mavsumiy ishchi ayollarimiz bor. 10 nafar doimiy ishlaydigan suvchilarimiz bor.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: