Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) va Britaniya Kengashi (British Council) IAU qoshida Xalqaro ingliz tili test tizimi (IELTS) imtihon markazini ochish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
IAU vakillari Britaniya Kengashi delegatsiyasi uchun o‘tkazgan universitet bo‘ylab sayohatdan so‘ng tomonlar Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti devorlarida IELTS test markazini yaratish va ishga tushirish jarayoni tafsilotlarini muhokama qildilar.
IAU nomidan bitimni Operatsiyalar boʻyicha prorektor doktor Slavomir Vroblevskiy va Britaniya Kengashi nomidan Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi direktori Denis Uedingem xonim imzoladilar.
Mazkur kelishuv Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi hamkorligini yo‘lga qo‘yishda muhim qadam bo‘ldi. IAU qoshidagi IELTS imtihon markazining ochilishi O‘zbekistondagi talabalar va mutaxassislarga xalqaro miqyosda tan olingan ingliz tili imtihonini topshirish uchun qulaylik yaratadi.
Doktor Slavomir Wroblewski, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining operatsiyalar bo‘yicha prorektori:
— Hozirda Britaniya Kengashi kabi hamkorimiz borligidan faxrlanamiz va universitetimiz uchun IELTS imtihon markazining ochilishi strategik jihatdan muhim bosqichdir. Zero, markaz, eng avvalo, bo‘lajak o‘quvchilarimizni ingliz tilidan sifatli test sinovlaridan o‘tishlari, xorijda o‘qish va ishlashga tayyorlashga yordam beradi.
O‘z navbatida Britaniya Kengashi vakillari markazning ish jarayoni haqida so‘zlab berdilar, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari bilan imtihon faoliyatini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar o‘tkazdilar.
Denis Uoddingem xonim, Britaniya Kengashining O’zbekistondagi direktori:
— Biz Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlik qilishdan va universitet hududida IELTS imtihon markazini ochish g‘oyamiz hayotga kirib borayotganidan mamnunmiz. Umid qilamizki, markaz nafaqat talabalarga, balki xalqaro miqyosdagi ta’lim va ish bilan ta’minlanmoqchi bo‘lgan turli yoshdagi barcha mutaxassislarga yordam beradi.
Ma’lumot uchun: Britaniya Kengashi Buyuk Britaniyaning madaniy aloqalar va ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro tashkiloti bo‘lib, u turli mamlakatlarda ingliz tilini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha ham jahon yetakchisi hisoblanadi.
Muzokaralar va bitimni imzolash jarayoni do‘stona muhitda o‘tdi. Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro esdalik sovg‘alarini almashdilar, shuningdek, IAUdagi IELTS imtihon markazining barcha masalalari bo‘yicha kelgusida hamkorlik qilishga umumiy tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: