Har bir yosh yigit-qizning orzusi o‘zi istagan oliygohda tahsil olib, sevimli kasbiga ega bo‘lish va shu orqali jamiyatda o‘z o‘rnini topishdir. Bugun davlatimizda yoshlarning sifatli taʼlim olishi va bandligi taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu boradagi islohotlarning ijobati sifatida har yili oliygohlarda “Karyera kuni” — mehnat yarmarkasi o‘tkazilishi anʼanaga aylanmoqda.
Toshkent davlat agrar universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022/2023-o‘quv yilida bakalavriat va magistratura bitiruvchilari bo‘yicha «Karyera kuni» —mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Universitetlarda bo‘lib o‘tayotgan bunday mehnat yarmarkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-son qarori hamda 2022-yilning 4-mart kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash to‘g‘risida”gi 19-sonli yig‘ilish bayonida berilgan ustuvor vazifalarning ijrosini ta‘minlash maqsadida o‘tkazilmoqda.
Yarmarkada 74 ta vazirlik, idora, tashkilot, muassasa, agroklaster va 3 ta xorijiy tashkilot vakillari hamda bitiruvchi kurs talabalari qatnashishdi.
Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, 2022-2023-o‘quv yilida Toshkent davlat agrar universitetini jami 1736 nafar talaba tamomlaydi. Jumladan:
shu bilan birga, Polsha, Rossiya davlatlarining oliy ta‘lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta‘lim dasturlari asosida 121 nafar bakalavriat ta‘lim yo‘nalishlarida bitiruvchilar katta hayotga qadam qo‘yishadi.
Munozara va tanlovlarga boy tarzda o‘tgan “Karera kuni”— mehnat yarmarkasi yakunida esa, tashkilotlar va universitet hamda bitiruvchilar o‘rtasida 947 ta ishga joylashish bo‘yicha shartnoma va kelishuvlarga erishildi. Endi bilim va salohiyatiga ishongan yigit-qizlar ushbu bitim va shartnomalar asosida oliygohni tamomlashi bilanoq, o‘z ish o‘rniga, sevimli kasbiga ega bo‘lishadi.
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: