Joriy yil 20 fevral kuni Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (AKIS)da Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki hamda Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokida “Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi modernizatsiyasi” loyihasi doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Unda oʻz shaxsiy tomorqasi va xonadonlaridagi yer maydonida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga qiziqishi bor xotin-qizlarga agrar sohadagi yangiliklar, xususan, issiqxonalardan qanday foydalanish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hosildorligini oshirishda eʼtibor qaratish lozim boʻlgan jihatlar xususida muhim maʼlumotlar berilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 7 ming gektarga yaqin issiqxonalar bor. 2022 yilda ularda 300 ming tonnadan ortiq maҳsulot yetishtirildi.
Bu yo‘nalishni rivojlantirish maqsadida so‘nggi yillarda 10 dan ortiq normativ-ҳuquqiy ҳujjatlar qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maҳkamasining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari shular jumlasidandir.
Seminarda aytib oʻtilganidek, qishloq xoʻjaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining eng yirik tarmoqlaridan biri hamda respublikaning iqtisodiy-ijtimoiy barqarorligida muhim ahamiyatga ega. Toshkent viloyatida sugʻoriladigan 384.5 ming gektar yerning 57.4 ming gektarini tomorqa xoʻjaliklari tashkil etadi. Uy xoʻjaliklari mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bilan bir qatorda, keng aholi qatlamlari, birinchi navbatda ayollarni agrobiznesga jalb qilishga xizmat qiladi.
Shuni alohida aytib oʻtish kerakki, hozirgi kunda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, issiqxona xoʻjaliklarini moliyaviy sogʻlomlashtirish, eksportbop va raqobatbardosh qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish hamda qishloq joylarida aholi bandligini taʼminlash va daromad olishga yanada qulay sharoit yaratish maqsadida Davlat tomonidan 20 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlib, unda bir qator imkoniyatlar, imtiyozlar, preferensiyalar belgilab qoʻyilgan.
Oʻzbekistonning iqlim sharoiti himoyalangan yerlar sabzavotchilikni rivojlantirish uchun juda qulay. Birgina 2021 yilning oʻzida 797 gektar maydonda qiymati 2,3 trillion soʻmlik 398 ta zamonaviy issiqxona ishga tushirilgani ham fikrimiz tasdigʻidir. Intensiv va uzoq davom etadigan quyosh radiatsiyasi oqimi himoyalangan yerlarda sabzavot ekinlarini yil boʻyi, nisbatan qisqa (3,5-4 oy) davom etadigan isitish mavsumlarida ham yetishtirish imkonini beradi. Shu tufayli sabzavotlarni bunday yetishtirish yilning sovuq davrlarida ularni ishlab chiqarishni taʼminlaydigan xoʻjalik faoliyatining foydali yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa, oʻz navbatida, aholining ovqatlanish sifatini yaxshilashga hamda fermer, dehqon va shaxsiy tomorqa xoʻjaliklari daromadini oshirish imkonini beradi.
5 kun davom etadigan seminar-treningda qiziqishi bor xotin-qizlar zamonaviy texnologiyalar asosida xorij tajribasini qoʻllagan holda issiqxonalarda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishga oʻrgatiladi.
Oʻquv seminarlarini Toshkent davlat agrar universitetining professor oʻqituvchilari olib bormoqda. Shuningdek, treninglarda Turkiyaning qishloq xoʻjaligi va issiqxonalarni rivojlantirish boʻyicha malakali mutaxassislari oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishi koʻzda tutilgan Seminar-trening davomida amaliy mashgʻulotlar ham oʻtkazilmoqda.
Вчера в Национальном центре знаний и инноваций в сельском хозяйстве (AKIS) Юкоричирчикского района Ташкентской области в рамках проекта «Модернизация сельского хозяйства Узбекистана» был проведен семинар-тренинг. В нем приняли участие представители Министерства сельского хозяйства РУ, Ассоциации «Женщины аграрной сферы» Узбекистана, Международного банка реконструкции и развития, Международной ассоциации развития (МАР).
Всем, кто заинтересован в выращивании сельхозпродукции на собственных приусадебных участках, была дана важная информация об инновациях в аграрной сфере. В частности, подробно рассказали о том, как эффективно использовать теплицы, об аспектах, на которые следует обратить внимание при повышении урожайности сельскохозяйственной продукции.
Сегодня в Узбекистане около 7 тыс. га теплиц. В 2022 году в них было произведено более 300 тыс. тонн продукции.
В целях развития данного направления за последние годы принято более 10 нормативно-правовых актов. В их числе постановления Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по повышению эффективности деятельности тепличных хозяйств» и Кабинета министров «О дополнительных мерах поддержки деятельности тепличных хозяйств».
Как отмечалось на семинаре, сельское хозяйство является одной из ключевых отраслей экономики нашей страны и играет важную роль в обеспечении экономической и социальной стабильности. Из 384,5 тыс. га орошаемых земель в Ташкентской области 57,4 тыс. га составляют приусадебные участки. Домохозяйства, помимо того, что обеспечивают продовольственную безопасность страны, служат также вовлечению широких слоев населения, в первую очередь женщин, в агробизнес.
Подчеркивалось, что государством принято более 20 нормативно-правовых актов. Они направлены, в частности на финансовое оздоровление тепличных хозяйств, бесперебойное производство экспортоориентированной и конкурентоспособной сельскохозяйственной продукции, обеспечения занятости населения в сельской местности. Эти документы также предусматривают ряд льгот и преференций.
Климатические условия Узбекистана очень благоприятны для развития овощеводства. Так, только в 2021 году на 797 га земли введены в эксплуатацию 398 современных теплиц стоимостью 2,3 трлн сумов. Интенсивная солнечная радиация позволяет выращивать овощные культуры на защищенных землях круглый год, даже в относительно короткие (3,5-4 месяца) отопительные сезоны. Такое выращивание овощей является одним из самых прибыльных направлений хозяйственной деятельности, обеспечивающим их производство в холодные периоды года. Это, в свою очередь, позволяет улучшить качество питания населения, а также увеличить доходы фермерских и личных подсобных хозяйств.
В ходе 5-дневного семинара-тренинга ее участниц научат выращивать сельскохозяйственную продукцию в теплицах с использованием зарубежного опыта на основе современных технологий.
Образовательные семинары проводят профессора Ташкентского государственного аграрного университета. Во время обучения также пройдут практические занятия, где своим опытом поделятся специалисты в области сельского хозяйства и строительства теплиц из Турции.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: