Kartoshkaning vatani Janubiy va Markaziy Amerika mamlakatlari hisoblanadi, uni birinchi marta 1536-1537-yillarda ispan dengizchilari kashf etgan.
XVI asr oxiri va XVII asr davomida kartoshka butun Yevropa qit‘asiga tarqaldi.
O‘zbekistonda kartoshka ilk bor 1855-1856-yillarda paydo bo‘lgan. Uni Toshkent yaqinidagi Noʻgʻay-Qoʻrgʻon va Burch-mulla qishloqlariga Gʻarbiy Sibirdan qochoq tatarlar olib kelishgan.
1995-yilda kartoshka kosmosda yetishtirilgan birinchi sabzavotga aylandi.
Kartoshkada ko‘p miqdorda C vitamini, PP vitamini, B vitamin guruhlari hamda temir, fosfor, kaliy, magniy, marganes, rux, ftor, mis minerallari mavjud.
Kartoshkadagi barcha mineral moddalarning 70% ni kaliy tuzlari tashkil etadi. Kaliy tanadan suv va osh tuzini ketkazishga yordam beradi.
Uning kaloriyaviy miqdori ancha yuqori: 100 gr. – 83 kkal. Bu boshqa sabzavotlarga qaraganda 2-3 barobar ko‘p.
Diyetologlarning fikricha, yoshi kattalar uchun kartoshkaning kunlik normasi 250 gr.dan oshmaydi.
Infografikada ushbu ekinni yetishtirish bo‘yicha ulushi eng ko‘p bo‘lgan respublikamizning hududlarini taqdim etamiz.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: