2020-2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirish strategiyasining ustuvor yoʻnalishlaridan biri tarmoqni boshqarishda davlatning rolini kamaytirish va investitsiya jozibadorligini oshirishdan iborat. Bu yoʻnalishda agrooziq-ovqat tarmogʻining strategik ustuvor yoʻnalishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kreditlash va sugʻurtalash mexanizmlarini takomillashtirishdek vazifa turibdi.
Bunda fermer va dehqonlarga yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar asosiy omillardandir. Ulardan biri qishloq xoʻjaligi texnikasini xarid qilish boʻyicha lizing xizmati hisoblanadi.
Hozirda respublikamizdagi aksariyat fermer xoʻjaliklari lizing xizmatidan foydalanmoqda. Lizing — bu yangi asbob-uskunalarni sotib olishning qulay va samarali mexanizmi boʻlib, bunda asbob-uskunalar qiymatining bir qismi bir vaqtning oʻzida avans sifatida toʻlanadi, qolgan qismi esa lizingga foiz qoʻshilgan holda bir necha yil davomida toʻlanadi.
Respublikamizda ijara munosabatlari quyidagi meʼyoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi:
Lizing faoliyati Oʻzbekiston iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir.
Lizing – ishlab chiqaruvchi va isteʼmolchi oʻrtasidagi oʻziga xos koʻprik boʻlib, bunda ishlab chiqaruvchi lizing orqali oʻzi ishlab chiqargan tovarni tezda sotishi mumkin, isteʼmolchi korxona esa kamroq pul sarf qilib, yangi texnika olish va mashina-traktor parkini tezda yangilash imkoniyatiga ega boʻladi.
Lizing deganda, odatda, ijaraga beruvchi tomonidan lizing oluvchi uchun ishlab chiqarish maqsadlarida sotib olingan mashina va asbob-uskunalarni uzoq muddatli ijaraga berish tushuniladi, bunda mulk huquqi shartnoma amal qilish muddati davomida lizing beruvchida qoladi.
Ayni paytda respublikamiz lizing bozorida 87 korxona va tashkilot lizing faoliyati bilan shugʻullanmoqda, Shundan 46 tasi ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi boʻlsa, 23 ta tijorat banki, 18 tasi boshqa korxona va moliyaviy tashkilotlar hisoblanadi.
“Oʻzagrosugʻurta” AJning qishloq xoʻjaligi texnikalari boʻyicha lizing shartlari bilan tanishtiramiz.
(Maʼlumot uchun: “Oʻzagrosugʻurta” aksiyadorlik jamiyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi “Oʻzagrosugʻurta” davlat aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan tashkil etilgan. Asosiy ustuvor yoʻnalishi qishloq aholisi va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining sugʻurta himoyasi).
“Oʻzagrosugʻurta” AJ yuridik va jismoniy shaxslarga sugʻurta xizmatlarini koʻrsatadi. Ushbu sugʻurta turlarining 4dan ortigʻi qishloq xoʻjaligi sugʻurtasiga toʻgʻri keladi.
Jamiyat tomonidan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish subyektlariga koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari orasida lizingga olingan qishloq xoʻjaligi texnikasini sugʻurtalash aksariyat qismini egallaydi.
Ushbu sugʻurta turi shartlariga koʻra, mulk ijarachilari (avtomobil-traktor parklari, muqobil avtotraktor parklari, qishloq xoʻjaligi kooperativlari (jamiyatlari), fermer xoʻjaliklari, suv xoʻjaligi va qurilish birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar), mulkni ijaraga beruvchi barcha yuridik shaxslardir sugʻurta subyektlari hisoblanadi.
Sugʻurta obyekti – sugʻurta qildiruvchining yoki naf oluvchining ijaraga olingan mulkning shikastlanishi va yoʻqolishi natijasida koʻrgan moliyaviy zararlari.
Ijaraga olingan qishloq xoʻjaligi texnikasi quyidagi xavflardan sugʻurta qilinadi: yongʻin, portlash, boʻron, toʻfon, doʻl, qor koʻchkisi, koʻchki, suv toshqini, chaqmoq, zilzila, yoʻl-transport hodisasi, oʻgʻirlik, olib qochish, bosqinchilik, uchinchi shaxslarning qasddan harakati, ijaraga olingan mulkni yoʻqotish.
Sugʻurta summasi tomonlarning kelishuvi boʻyicha ijaraga berilgan (olingan) mulkning ijara shartnomasida koʻrsatilgan narxi, lizing oluvchi tomonidan toʻlangan avans toʻlovi hamda sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlanadigan lizing toʻlovlarining yillik kamayishi hisobga olingan holda belgilanadi.
Sugʻurta mukofoti har bir lizing predmeti boʻyicha sugʻurta summasi va sugʻurta tarifi asosida hisoblanadi. Ijaraga olingan mol-mulkni sugʻurta qilish uchun sugʻurta tarifining miqdori Sugʻurtalovchi tomonidan belgilanadi.
Sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchiga ijaraga olingan (qabul qilingan) mulk shartnomasini qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgan va sugʻurta mukofotlari sugʻurtalovchining hisob varagʻiga oʻz vaqtida kelib tushgan taqdirda Sugʻurtalovchining javobgarligi tomonlar imzolagan kundan boshlanadi va lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagan kunida tugaydi.
Sugʻurta javobgarligi shartlari lizing shartnomasi shartlariga muvofiq sugʻurta shartnomasida belgilanadi.
Mulkni ijaraga olgandan soʻng, Sugʻurta qildiruvchi Sugʻurtalovchiga Ijaraga olingan mulk toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot (mulkni qabul qilish roʻyxati, pasport, model, ishlab chiqarilgan yili, dvigatel raqami, kuzov va inventar raqamlari va boshqa baʼzi maʼlumotlar) taqdim etishi shart.
Ijaraga olingan mulk va yaroqsiz holga kelgan mol-mulkning ishdan chiqishi va va eskirish darajasi alohida shikastlangan qismlarni (metall) qayta ishlashga joʻnatishdan olingan mablagʻlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hisoblash quyidagilarni oʻz ichiga olmaydi:
Sugʻurta hodisasi natijasida shikastlangan mol-mulkni taʼmirlash smetasi mahalliy taʼmirlash korxonalari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi.
Sugʻurta tovoni ijaraga olingan mol-mulk sugʻurta hodisasi natijasida toʻliq foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan va uni taʼmirlash mumkin boʻlmagan taqdirda, Naf oluvchiga toʻlanadi. Bunda toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovonining miqdori sugʻurtalovchining naf oluvchi oldidagi qarzi miqdoridan oshmasligi kerak.
“Oʻzagrosugʻurta” AJ boshqarmasi sugʻurta toʻlovlari departamenti direktori, iqtisod fanlari nomzodi Abdurashid Vahobov bilan birgalikda tayyorlandi.
Muallif: Irina Silkina
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: