Sug‘orma dehqonchilikda qishloq xo‘jalik ekinlarini yaxshi yetishtirish, sug‘orish suvi, o‘g‘itlardan samarali foydalanish, energiya resurslar sarfini tejash, ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishda dala maydoni tekisligi katta ahamiyatga ega.
Qishloq xo‘jaligida dalani tekislashdan maqsad maydon nishabligini saqlagan holda sug‘orish va mexanizatsiyalashgan agrotexnik tadbirlarga to‘sqinlik qiladigan notekisliklarni yo‘qotishdan iborat. Mazkur yo‘nalishda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Yerlarni lazerli tekislagichda tekislash bu dala maydoni yuzasidagi eng past va baland joylar farqi 1-3 sm.dan oshmagan holda, maxsus lazer jihozli qurilmalarida tekislash usulidir.
Lazerli tekislagichda tekislashdan oldin qilinadigan tayyorgarlik ishlari:
Tuproq namligi yuqori bo‘lmasligi;
Dala maydoni o‘simlik qoldiqlaridan tozalangan bo‘lishi;
Dala chuqur haydalib, tekislangan bo‘lishi;
Ekinlarni ekish va sug‘orish yo‘nalishlari aniqlangan bo‘lishi kerak.
Lazerli tekislagich yordamida tekislangan dala maydonida suv va boshqa ozuqa moddalarning bir xil taqsimlanishi bois, barcha turdagi ekinlarning yaxshi rivojlanishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Lazerli tekislagichda tekislashning afzalliklari:
Sug‘orish suvi sarfi 20-25 %ga tejaladi;
Suvdan foydalanish samaradorligi 30-40%ga ortadi;
Sug‘orish suvi orqali ortiqcha tuz kelishining oldi olinadi;
Sug‘orishga ketadigan vaqt, ishchi kuchi va energiya tejaladi;
Dala maydoni ekinlar bir tekis unuvchanlikga ega bo‘ladi;
Ekinlar bir xil oziqa moddalar va namlik bilan taʼminlanadi;
Begona o‘tlar miqdori kamayadi;
Qishloq xo‘jaligida 1 gektar maydonda qo‘shimcha 5-7 sentner hosil olishga erishiladi;
Qo‘shimcha olingan hosil xo‘jalikni iqtisodiy daromad manbaiga olib keladi;
Qo‘shimcha olingan hosil hisobiga mahsulotni eksport qilish salohiyati yanada ortadi;
Eng asosiysi, yerga ishlov berish to‘g‘ri olib borilsa, dala maydoni 3-5 yilda qayta tekislanadi.
Agar siz imlo xatolarini topsangiz, iltimos, matnni tanlab, Ctrl+Enter tugmalarini bosib bizga xabar bering
Imlo xatolari haqida hisobot
Quyidagi matn tahririyatimizga yuboriladi: